Yo‘lovchilarni tashish maqsadida 18 va 25-may kunlari 60/59-sonli Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar qildi.

Poyezd amaldagi jadvali asosida harakatlanadi:

  • 60-sonli Toshkent-Andijon yo‘nalishi: Toshkent 07:55 — Andijon 13:56.
  • 59-sonli Andijon-Toshkent yo‘nalishi: Andijon 15:55 — Toshkent 21:45

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.