11-maydan Toshkentda Xitoyning Yutong kompaniyasi ishlab chiqargan yana 59 ta elektrobusni yo‘nalishlarga qo‘yish boshlandi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati. 20-apreldan poytaxtda 169 ta ana shunday elektrobus (shuningdek, 117 ta gazda harakatlanuvchi avtobus va 114 ta garmoshka-avtobus) qatnay boshlagandi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 45 (12 ta avtobus), 40 (14), 85 (10) va 8 (40) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi tarkib avtomashinalar bilan yangilanadi.

Shuningdek, 13 T, 57, 67 va 96-yo‘nalishlarga 1 tadan elektrobus, 51 va 53-yo‘nalishlarga 3 tadan, 100-yo‘nalishga 4 ta, 94-yo‘nalishga esa 5 ta avtobus qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, bahor oxirigacha Toshkentga jami 1000 ta yangi yirik va o‘ta katta sig‘imli avtobuslar, jumladan, 200 ta 18 metrli avtobus (“garmoshka”) va 300 ta 12 metrli elektrobus keltirilishi kutilmoqda.