11-may kuni Qatar poytaxti Doha shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi-2023 musobaqasining guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Tadbirda FIFA prezidenti Janni Infantino, OFK rahbari Shayx Salmon Ibrohim, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq futbolchisi Server Jeparov, milliy jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanetslar ham ishtirok etdi.

Qur’a tashlash yakunida barcha jamoalar o‘z raqiblarini bilib oldi, xususan, O‘zbekiston milliy jamoasi “B” guruhidan o‘rin olib, Avstraliya, Suriya va Hindiston bilan o‘ynaydigan bo‘ldi.

Qur’a yakunida guruhlar quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:

A guruhi

  • Qatar
  • Xitoy
  • Tojikiston
  • Livan

B guruhi

  • Avstraliya
  • O‘zbekiston
  • Suriya
  • Hindiston

C guruhi

  • Eron
  • BAA
  • Gonkong
  • Falastin

D guruhi

  • Yaponiya
  • Indoneziya
  • Iroq
    Vetnam

E guruhi

  • Janubiy Koreya
  • Malayziya
  • Iordaniya
  • Bahrayn

F guruhi

  • Saudiya Arabistoni
  • Tailand
  • Qirg‘iziston
  • Ummon

Musobaqa 2024-yilning 12-yanvaridan 10-fevraliga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.