Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi avgust oyigacha oshmaydigan bo‘ldi
1 iyun 2023, 18:03

Toshkentda jamoat transportida yo‘lkira narxi avgust oyigacha oshmaydigan bo‘ldi

May oyi oxirida Toshkent jamoat transporti uchun moslashuvchan tariflar joriy etilishi kerak edi. Biroq, shahar kengashi “tariflarning oshishiga qat’iyan qarshi” chiqdi. Deputatlar o‘zgarishlarni 1-avgustga qoldirdi. “Gazeta.uz” yangi tizimga o‘tish nega zarurligini tushuntiradi.

Rossiya armiyasining zarbasi oqibatida Kiyevda 3 kishi halok bo‘ldi
1 iyun 2023, 17:25

Rossiya armiyasining zarbasi oqibatida Kiyevda 3 kishi halok bo‘ldi

Rossiya armiyasining Kiyevga uyushtirgan navbatdagi havo hujumida 3 kishi, jumladan bir bola qurbon bo‘ldi. Bu so‘nggi bir oy ichida Ukraina poytaxtining kamida 18-marta o‘qqa tutilishi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyev “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida ishtirok etadi
1 iyun 2023, 17:23

Shavkat Mirziyoyev “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit 2-iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘ladi.

AQSh Vakillar palatasi davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi
1 iyun 2023, 17:03

AQSh Vakillar palatasi davlat qarzi chegarasini oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi defoltga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat qarziga qo‘yilgan yuqori chegarani oshirish bo‘yicha qonun loyihasini ma’qulladi. Qonun 2025-yilning 1-yanvarigacha federal hukumatga qo‘yilgan chegaradan ko‘proq miqdorda qarz olish imkonini beradi.

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika markazi direktori bo‘ldi
1 iyun 2023, 16:51

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika markazi direktori bo‘ldi

Vohid Hamidov yaqinda tashkil etilgan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori bo‘ldi. Ilgari u AOKAning Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi va Avtotest Mirobod kompaniyasiga rahbarlik qilgan. U Novda Edutainment rahbari sifatida ham qayd etilgan.

May oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi
1 iyun 2023, 15:19

May oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etib, yillik inflyatsiya 10,4 foizgacha pasaydi. Oziq-ovqatlar, nooziq-ovqatlar va xizmatlar bir xilda — 0,5 foizga qimmatlashdi.

Tomorqasida band bo‘lganlarga ham mehnat staji hisoblanishi mumkin
1 iyun 2023, 15:14

Tomorqasida band bo‘lganlarga ham mehnat staji hisoblanishi mumkin

Senat tomonidan ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi shaxsiy tomorqa yer uchastkasida band bo‘lgan yer uchastka egasi yoki uning oila a’zolariga mehnat staji hisoblanadi. Buning uchun ular tomonidan yiliga BHMning kamida 1 baravari miqdorida soliq to‘lab boriladi.

Nodirbek Abdusattorov Norway Chess`ning ikkinchi turida g‘olib bo‘ldi
1 iyun 2023, 15:13

Nodirbek Abdusattorov Norway Chess`ning ikkinchi turida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha Norvegiya turnirining ikkinchi turida Aryan Tarini mag‘lub etib, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Iyul oyida Hindistonda bo‘ladigan SHHT sammiti virtual tarzda o‘tkaziladi
1 iyun 2023, 15:02

Iyul oyida Hindistonda bo‘ladigan SHHT sammiti virtual tarzda o‘tkaziladi

Hindiston iyul oyida bo‘ladigan SHHT sammitini virtual formatda o‘tkazadi. Dastlab tadbir Nyu-Dehlida o‘tkazilishi kerak edi. The Hindu nashrining yozishicha, format o‘zgarishiga bir qator yetakchilarning vaqt jadvalidagi qiyinchiliklar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Jazirama kunlarda Toshkent metrosining yerusti uchastkalarida harakat tezligi pasayadi
1 iyun 2023, 14:59

Jazirama kunlarda Toshkent metrosining yerusti uchastkalarida harakat tezligi pasayadi

Havo isishi sababli yerusti temiryo‘llarining rels va po‘lat qismlarida harorat yuqorilashi mumkin. Bunday kunlarda Toshkent metropolitenining yerusti yo‘nalishlarida harakat tezligi pasaytiriladi. Relslar harorati +60 daraja bo‘lganda, tezlik 40 km/soatdan, +65 darajada 25 km/soatdan oshmaydi.

O‘zbekistonda iyun oyi me’yordan 2−3 daraja issiqroq bo‘ladi
1 iyun 2023, 14:11

O‘zbekistonda iyun oyi me’yordan 2−3 daraja issiqroq bo‘ladi

2015-yildan buyon O‘zbekistonda yozgi havo harorati me’yordan yuqori bo‘lib kelmoqda. O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, bu yilgi iyun oyida harorat me’yordan 2−3 daraja issiq bo‘ladi. Ayrim kunlarda hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 17 oy davomida 429,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan
1 iyun 2023, 14:00

O‘zbekistonda 17 oy davomida 429,3 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangan

Antikorrupsiya agentligi tomonidan 2021-yil va 2022-yilning 5 oyi davomida 429,3 mlrd so‘mlik 5805 ta davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Metro vagonida qizga shahvoniy shilqimlik qilgan ikki bloger 5 sutkaga qamaldi
1 iyun 2023, 13:40

Metro vagonida qizga shahvoniy shilqimlik qilgan ikki bloger 5 sutkaga qamaldi

Metro vagonida tutqichni ushlab turgan qizga shilqimlik qilib, “prank” video olgan ikki blogerning har biriga 5 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

TMZ kasaba uyushmasi xodimlari uchun oilaviy bayram tashkil qilindi
1 iyun 2023, 13:00

TMZ kasaba uyushmasi xodimlari uchun oilaviy bayram tashkil qilindi

Anhor Lokomotiv bog‘ida TMZ xodimlari kasb bayrami “O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ni nishonladi.

Uyda kir yuvish mashinalarining bo‘lishi iqtisodiy faol ayollar sonini oshiradi — MHTI tahlili
1 iyun 2023, 12:35

Uyda kir yuvish mashinalarining bo‘lishi iqtisodiy faol ayollar sonini oshiradi — MHTI tahlili

MHTI tadqiqotiga ko‘ra, uyda kir yuvish mashinalarining bo‘lishi iqtisodiy faol ayollar sonini oshiradi. Ekspertlar qurilma suv va energiya sarfini kamaytirish bilan birga, ayollarga haftasiga 4 soat vaqtini tejash imkonini berishini, bu vaqtni ular farzandlari uchun sarflashi mumkinligini bildirdi.

O‘zbekistonda qancha nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydi?
1 iyun 2023, 12:11

O‘zbekistonda qancha nogironligi bo‘lgan shaxslar yashaydi?

Jahon bankiga ko‘ra, 2022-yilda aholining 2,3 foizi yoki 845,3 ming kishi nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan. 60 yoshdan kattalarning 54 foizi nogironlikning ma’lum shakliga ega. Bunday shaxslar turli sohalarda qiyinchiliklarga uchramoqda, hukumat esa vaziyatni yaxshilashga urinyapti, deyiladi tadqiqotda.

“UNG Petro” “zapravka”lar tarmog‘ini xususiylashtirish boshlandi
1 iyun 2023, 11:53

“UNG Petro” “zapravka”lar tarmog‘ini xususiylashtirish boshlandi

“O‘zbekneftgaz”ga qarashli “UNG Petro” MJCHning 100 foizlik davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari boshlandi. Davaktiv agentligi mamlakatdagi eng yirik “zapravka”lar tarmog‘ini xususiylashtirishga konsultant jalb etish yuzasidan tanlov e’lon qildi.

Senat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
1 iyun 2023, 11:46

Senat “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Endilikda ushbu munosabatlarni tartibga solish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi vakolatli organ bo‘lib, sohadagi faoliyatni muvofiqlashtiradi hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda sudga da’vo kiritadi.

Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 16−20-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi
1 iyun 2023, 11:20

Jahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasi 16−20-oktabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi

Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi. O‘zbekiston tomonidan tashkiliy qo‘mita o‘rinbosari Aziz Abduhakimov tadbirlar dasturi, kun tartibi, reglamenti va rejalarni muhokama qilish uchun Madridda tashkilot bosh kotibi bilan uchrashdi.

Hududiy ta’lim boshqarmalariga xorijiy maslahatchilar jalb etiladi
1 iyun 2023, 10:23

Hududiy ta’lim boshqarmalariga xorijiy maslahatchilar jalb etiladi

O‘zbekistonda yil oxirigacha maktabgacha va maktab ta’lim hududiy boshqarmalari rahbarlari uchun xorijiy maslahatchilar jalb etiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting