29-may — 9-iyun kunlari Norvegiyaning Stavanger shahrida bo‘lib o‘tayotgan klassik shaxmat bo‘yicha — Norway Chess turnirida Nodirbek Abdusattorov ikkinchi turda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Turnirning sovrin jamg‘armasi 2,5 mln kron (taxminan 243 ming dollar)ni tashkil etadi. G‘olib 750 ming kron (taxminan 67,6 ming dollar) oladi.

30-may kuni turnirning ikkinchi kunida o‘zbekistonlik shaxmatchi (FIDE reytingida 21-o‘rin, 2732) Aryan Tarini (100-o‘rin, 2646) mag‘lub etdi. Uning raqibi o‘yin boshida ustunlikka ega edi.

нодирбек абдусатторов, shaxmat, norway chess 2023

FIDE jahon reytingi yetakchisi Magnus Karlsen (2853) Uesli So (8-o‘rin, 2765) bilan tenglashib oldi, biroq armageddonda uning qo‘li baland keldi, Fabiano Karuana ham (6-o‘rin, 2773) armageddonda Anish Girini (7-o‘rin, 2772) ortda qoldirdi.

Aliriza Firuja (2-o‘rin, 2786) Shaxriyar Mamedyarovni (15-o‘rin, 2740) mag‘lub etgan bo‘lsa, Xikaru Nakamura (5-o‘rin, 2775) Gukesh Dommaraju (17-o‘rin, 2736) ustidan g‘alaba qozondi.

нодирбек абдусатторов, shaxmat, norway chess 2023

Uchinchi bosqichda Nodirbek Abdusattorov Aliriza Firujaga qarshi bahs olib boradi.

Fabiano Karuana (7-o‘rin, 2764) FIDE jahon reytingi yetakchisi Magnus Karlsenni (2853) mag‘lub etdi. Gukesh Dommaraju (18, 2732) esa Aliriza Firujani (4, 2785) yutdi. Shaxriyar Mamedyarov (16-o‘rin) va Uesli (8-o‘rin) armageddondagi raqiblarini ortda qoldirdi.

2019-yildan boshlab turnir o‘ziga xos tizim bo‘yicha o‘tkazib kelinmoqda: klassik o‘yinda durang qayd etilgan taqdirda, armageddon formatida qo‘shimcha o‘yin o‘tkaziladi — oq o‘yinchiga 10 daqiqa, qoraga esa 7 daqiqa, lekin durang qoraning g‘alabasi deb hisoblanadi. Klassik o‘yindagi g‘alaba uchun 3 ball, armageddondagi g‘alaba uchun 1,5 ball, klassik o‘yindagi durang uchun 1 ochko va armageddondagi mag‘lubiyat uchun 0 ball beriladi.