TMZ kasaba uyushmasi o‘zining ulkan oilasini Anhor Lokomotiv istirohat bog‘iga yig‘ib, kasb bayrami “O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni” va “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ni nishonladi.

tmz, реклама

TMZ bosh direktori Zafar Tuychiyev metallurglarning oilalariga ulkan baxt, quvonch va mehr-muhabbat, barcha bolajonlarga esa a’lo kayfiyat, quvnoq tabassum va beg‘ubor bolalikni tiladi.

tmz, реклама

“Aladdin” vokal shou-guruhi o‘zlarining maroqli chiqishlari bilan davrani “qizdirdi” va bolalarning dillariga shodon kayfiyat baxsh etdi.

tmz, реклама

Animatorlarning quvnoq chiqishi ota-onalar va bolalar o‘rtasida hissiyotlar to‘lqinini jo‘shqinlantirdi.

Maftunkor muhitda sovun pufagi shoulari, bayramona syurprizlar va jozibador fokuslar bolalarda unutilmas taassurot qoldirdi. Masxarabozlar va turli ertak qahramonlari bilan esdalik uchun yakuniy fotosurat esa bolalar xotirasida uzoq vaqt esda qolarli hodisa bo‘ldi. Tadbir yakunida, ota-onalar va bolalar istirohat bog‘i ko‘ngilochar attaksionlariga bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Bolalarni himoya qilish kuni nafaqat qiziqarli bayram, ko‘plab oilalar istirohat bog‘lari va sershovqin tadbirlarda to‘planadigan kun, balki ota-onalarga jajji bolalarning farovonligi va baxti kattalarga bog‘liqligini eslatuvchi yoqimli, sevimli bayramdir.

Reklama huquqlari asosida.