2023-yil oxirigacha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy bo‘linmalarining boshliqlari uchun maslahatchi sifatida xorijlik mutaxassislarni jalb etish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning 26-maydagi qarorida ma’lum qilindi.

Hujjatda chet ellik maslahatchilarga Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari qo‘llanilishi hamda bu bilan bog‘liq xarajatlar Ta’lim sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilishi qayd etilgan.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga ishga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar O‘zbekistonda xorijiy ishchi kuchini jalb qilganlik va undan foydalanganlik uchun to‘lovlardan ozod etilishi belgilangan.