“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin alifbosida nashr etildi
2 iyun 2023, 12:30

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin alifbosida nashr etildi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ilk bor lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida chop etildi. Lug‘at 6 jilddan iborat va unga 5000 ga yaqin yangi so‘z (jami 80 mingdan ortiq so‘z) kiritilgan.

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — YI” sammiti uchun Qirg‘izistonga bordi
2 iyun 2023, 12:12

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — YI” sammiti uchun Qirg‘izistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi"ning ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadigan Cho‘lponota shahriga amaliy tashrif bilan bordi.

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzganganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
2 iyun 2023, 11:49

Standartlashtirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzganganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Senat standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi.

Advokatlik guvohnomasi qay tartibda beriladi?
2 iyun 2023, 11:32

Advokatlik guvohnomasi qay tartibda beriladi?

Hukumat advokatlik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Mazkur hujjat 10 yilga advokatlik tuzilmasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy bo‘yicha hududiy adliya organlari tomonidan beriladi. Guvohnomani berish uchun to‘lov undirilmaydi.

O‘zbekistonda 5−8-iyun kunlari harorat +42 darajagacha ko‘tariladi
2 iyun 2023, 11:26

O‘zbekistonda 5−8-iyun kunlari harorat +42 darajagacha ko‘tariladi

O‘zgidromet 5−8-iyun kunlari O‘zbekistonga Erondan issiq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishidan ogohlantirdi. Joylarda shamol tezligi soniyasiga 15−20 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

O‘zbekistonda Zilzila mobile dasturi yaratildi
2 iyun 2023, 11:15

O‘zbekistonda Zilzila mobile dasturi yaratildi

O‘zbekistonda zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatadigan Zilzila mobile nomli dastur yaratildi. Unda yer silkinishi paytida, oldin va keyin qanday harakatlar amalga oshirish kerakligi bo‘yicha va boshqa ma’lumotlar, shuningdek, tayyorgarlik darajasini tekshirish uchun testlar mavjud.

Hajga boruvchilar uchun to‘lov miqdori salkam 69 mln so‘mgacha ko‘tarildi
2 iyun 2023, 10:57

Hajga boruvchilar uchun to‘lov miqdori salkam 69 mln so‘mgacha ko‘tarildi

Haj-2023 mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi. Oldingi yilda bu miqdor 62,9 mln so‘m bo‘lgandi. Ziyoratchilar 4-iyundan 19-iyungacha Madina shahriga yuboriladi.

Svetlana Osipova taekvondo WT bo‘yicha JCHda kumush medalni qo‘lga kiritdi
2 iyun 2023, 10:53

Svetlana Osipova taekvondo WT bo‘yicha JCHda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonda o‘tayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionatida Svetlana Osipova finalgacha yetib borib, kumush medalni oldi. Avvalroq ushbu musobaqada Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

IIV va Milliy gvardiya xodimlari ekologik huquqbuzarliklar uchun jarima solishi va hibsga olishi mumkin bo‘ladi
2 iyun 2023, 10:16

IIV va Milliy gvardiya xodimlari ekologik huquqbuzarliklar uchun jarima solishi va hibsga olishi mumkin bo‘ladi

Senatorlar Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlariga ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun, jumladan, daraxtlarni kesish, atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik uchun jarima solish va qamoqqa olish imkoniyatini beruvchi qonunni ma’qulladi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksporti hajmini oshirmoqchi
2 iyun 2023, 09:56

Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksporti hajmini oshirmoqchi

2025-yildan Qozog‘iston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini bosqichma-bosqich 25 barobardan ziyodroqqa oshirmoqchi. 2022-yilda mamlakatga 13,6 mln dollarlik 487,9 ming tonna ko‘mir yetkazib berilgan.

Banklar dollarning sotuv kursini 11 425−11 465 so‘m etib belgiladi
2 iyun 2023, 09:45

Banklar dollarning sotuv kursini 11 425−11 465 so‘m etib belgiladi

Tijorat banklari 2-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 360−11 405 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 425−11 465 so‘m.

Jizzaxda 18 yoshli qiz o‘zini to‘qqiz qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi
2 iyun 2023, 09:20

Jizzaxda 18 yoshli qiz o‘zini to‘qqiz qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi

Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli qiz o‘zini to‘qqiz qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi
1 iyun 2023, 22:29

Xalqaro tashkilotlar O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi

XMT, YUNISEF va Jahon banki O‘zbekistonda Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etilganini olqishladi. Bayonotda bu ijtimoiy himoyadagi tarqoqlik va kamchiliklarni bartaraf etishiga ishonch bildirilgan. Mutaxassislar va xalqaro tashkilotlar ko‘p yillardan buyon shunday agentlikni tashkil etishni talab qilib kelayotgandi.

Qozog‘istonda Onalar kuni va Otalar kuni bayram sifatida nishonlanadi
1 iyun 2023, 22:12

Qozog‘istonda Onalar kuni va Otalar kuni bayram sifatida nishonlanadi

Qozog‘istonda ikkita yangi — dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Onalar kuni va Otalar kuni bayramlar ro‘yxatiga kiritildi.

Yozning ilk kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
1 iyun 2023, 22:00

Yozning ilk kunida O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shilqimlik uchun 5 sutkaga qamalgan “prankchilar”, Toshkentda avgustgacha oshmaydigan yo‘lkira, “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” sammitida qatnashadigan Mirziyoyev, tomorqasida band bo‘lganlarga ham mehnat staji hisoblanishi, xususiylashtirilayotgan “UNG Petro” va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga direktor tayinlandi
1 iyun 2023, 21:29

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga direktor tayinlandi

Mansurbek Olloyorov O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatish taklif qilinmoqda
1 iyun 2023, 21:25

Bayroqdan foydalanishdagi cheklovlarni yumshatish taklif qilinmoqda

Davlat bayrog‘idan foydalanishni kengaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev saylovoldi nutqida shunday taklif bilan chiqqandi. Bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.

Click kompaniyasi bolalar uchun bayramona tadbirlar tashkillashtirdi
1 iyun 2023, 19:00

Click kompaniyasi bolalar uchun bayramona tadbirlar tashkillashtirdi

Click kompaniyasi 36 va 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktablarda bayramona tadbirlar tashkillashtirdi, hamda Aloha Mental Arithmetic 2023 VI respublika musobaqasiga homiylik qildi.

Buxoroda elektromobilli eko-taksi ishga tushdi
1 iyun 2023, 18:38

Buxoroda elektromobilli eko-taksi ishga tushdi

Buxoroda O‘zbekistonda ilk bor elektromobillardan foydalaniladigan taksi xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. U Eco-taxi brendi ostida ishlaydi.

Toshkentda to‘rt qavatli avariya holatidagi uy aholisi ko‘chirilmoqda
1 iyun 2023, 18:35

Toshkentda to‘rt qavatli avariya holatidagi uy aholisi ko‘chirilmoqda

Poytaxtning Chilonzor tumani “Naqqoshlik” mahallasida joylashgan 32 xonadondan iborat to‘rt qavatli uyda yoriqlar aniqlandi. Undagi 15 ta xonadonda istiqomat qiluvchilar o‘z qarindoshlarinikiga ko‘chib o‘tmoqda, 17 oila esa vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting