Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Nakqoshlik” mahallasining shu nomli ko‘chasidagi devorlarida yoriqlar hosil bo‘lgan 3a-uydan aholi evakuatsiya qilinmoqda, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

кўп қavaтли uy, нaққошлик кўчaси, чилонзор tumanи

Uyning ahvoli tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev boshchiligidagi mutasaddilar, Favqulodda vaziyatlar vazirligining shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. Vaziyatning odamlar salomatligi va hayoti xavfsizligiga ta’sirining oldini olish uchun aholini ko‘chirishga qaror qilindi.

кўп қavaтли uy, нaққошлик кўчaси, чилонзор tumanи

Uyda yashovchi 104 nafar fuqarodan 41 nafari, ya’ni 15 ta oila qarindoshlari xonadoniga ko‘chib o‘tmoqda. 17 xonadonda yashovchi 63 nafar fuqaroga vaqtinchalik uy-joy berildi, deyiladi xabarda. Mas’ul xizmatlar uy aholisini uy-joy bilan ta’minlash masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lum qilinishicha, panel uy 1968-yilda qurilgan va 32 xonadondan iborat.