1-iyun kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida 18 yoshli qiz o‘zini tomdan tashladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘sha kuni soat 13:00 atrofida Jizzax shahrining “Ittifoq” mahallasida ro‘yxatda turib, Sharof Rashidov tumanida yashagan M.B. ko‘p qavatli uyning tom qismiga chiqib, o‘sha yerdan o‘zini pastga tashlagan.

U voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni shahar prokuraturasi olib bormoqda.