O‘zbekiston para atletlari jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi
14 iyul 2023, 21:53

O‘zbekiston para atletlari jahon chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi

Parijda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston paralimpiya terma jamoasi 3 ta — 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, paraatletchilar 2024-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziya olishdi.

O‘zgidromet Toshkent kanallaridagi suv sifatini tekshirdi
14 iyul 2023, 20:49

O‘zgidromet Toshkent kanallaridagi suv sifatini tekshirdi

Toshkent kanallari va uning atrofidagi suv omborlaridan olingan namunalar eng ko‘p ifloslangan suv Salar kanali, eng tozasi esa Anhor kanali va Chorvoqda ekanini ko‘rsatdi. Bular 12-iyuldagi bir kunlik ma’lumotlar, umuman olganda, O‘zgidromet muntazam ravishda tahlillar o‘tkazib turadi.

Barbara Ouklini fanlarni oson o‘zlashtirish haqida asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi
14 iyul 2023, 19:00

Barbara Ouklini fanlarni oson o‘zlashtirish haqida asari o‘zbek tiliga tarjima qilindi

AQShlik professor Barbara Ouklining “Raqamlar uchun yaralgan idrok. Matematika va tabiiy fanlarni qanday qoyillatsa bo‘ladi” kitobi o‘zbek tiliga o‘girilib, “Xalq banki” bilan hamkorlikda chop etildi.

Sirdaryoda hokim va hokim o‘rinbosarlariga 16 ta Tracker xarid qilish rejalashtirilmoqda
14 iyul 2023, 17:52

Sirdaryoda hokim va hokim o‘rinbosarlariga 16 ta Tracker xarid qilish rejalashtirilmoqda

Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tuman va shahar hokimlariga 16 ta Tracker avtomobilini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Buning uchun 4 mlrd so‘m ajratish bo‘yicha qaror loyihasi muhokamalar portaliga qo‘yildi.

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi
14 iyul 2023, 17:43

O‘tayotgan haftada O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi

Erondan issiq tropik havoning kirib kelishi hisobiga 11-iyuldan O‘zbekiston bo‘ylab termik depressiya kuzatildi. Biroq bu davr uzoq davom etmadi. Dam olish kunlarida harorat pasayadi. Kelgusi haftada harorat yana qisqa muddatga ko‘tarilishi mumkin.

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi
14 iyul 2023, 16:54

“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi

“Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan boshlanadi. Bu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz`ga qarshi da’vo arizasini qaytarib oldi
14 iyul 2023, 16:39

Ipakchilik qo‘mitasi rahbari Kun.uz`ga qarshi da’vo arizasini qaytarib oldi

Ipakchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz va jurnalist Shokir Sharipovga nisbatan sudga bergan arizasini qaytarib oldi. U o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov bo‘yicha raddiya e’lon qilishni, uzr so‘rash va 1 mlrd so‘m tovon puli to‘lashni talab qilgandi.

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
14 iyul 2023, 16:31

Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi

Toshkentdagi yana 32 ta avtobus yo‘nalishi kunlik reja bekor qilingan holda brutto-shartnomalarga o‘tkazildi.

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank
14 iyul 2023, 16:20

Oltin-valyuta zaxiralari minimal talab ko‘rsatkichidan qariyb 4 barobar ko‘p — Markaziy bank

Markaziy bank O‘zbekiston xalqaro zaxiralari bo‘yicha tarqalayotgan xabarlarga bergan munosabatida zaxiralar 11,3 oylik importni qoplashga yetishini bildirdi. Bu minimal talabdan qariyb 4 barobarga ko‘p. Ko‘rsatkich yil boshidan buyon 2 mlrd dollarga kamaygan.

“Biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak” — prezident
14 iyul 2023, 15:42

“Biz faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligimiz kerak” — prezident

O‘zbekiston ekologiya va atrof-muhitini asrash, suv taqchilligining oldini olish dolzarb vazifa bo‘lib qoladi, dedi prezident. U, shuningdek, O‘zbekiston faqat dehqonchilik bilan kun ko‘radigan mamlakat bo‘lib qolmasligi kerakligini ta’kidladi.

“Korrupsiya bo‘lmasa, hammasi xalqqa va’da berganimizdek bo‘ladi” — O‘zbekiston prezidenti
14 iyul 2023, 15:41

“Korrupsiya bo‘lmasa, hammasi xalqqa va’da berganimizdek bo‘ladi” — O‘zbekiston prezidenti

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya nutqida “hamma tizim o‘zgaradi”, deya va’da berdi. Qonunlar, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladiganlar o‘rnini yoshlar egallashini bildirdi. Prezident korrupsiya bo‘lmasa, “barcha ishlar xalqqa va’da berilganidek bo‘ladi”, deya ta’kidladi.

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi
14 iyul 2023, 14:45

“O‘zsuvta’minot”ga yangi rahbar tayinlandi

Dilshod Azimov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b. etib tayinlandi. Avvalgi rahbar Sohib Saifnazarov prezident topshirig‘i bilan ishdan bo‘shatilgandi.

“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi
14 iyul 2023, 13:16

“Biokimyo” va “Andijon biokimyo zavodi” AJlardagi davlat ulushini xususiylashtirish boshlandi

Davaktiv “Biokimyo” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz va “Andijon biokimyo zavodi” AJdagi 76 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Korxonalarning ustav fondi 9,6 mlrd va 24 mlrd so‘m, ikkala zavodning ham ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,83 mln dekalitrni tashkil etadi.

Kim “Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi”, deb o‘ylasa, xato qiladi — Shavkat Mirziyoyev
14 iyul 2023, 13:03

Kim “Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi”, deb o‘ylasa, xato qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimidagi nutqida O‘zbekistonda haqiqiy safarbarlik endi boshlanishini ta’kidladi. “Kimki „Saylov o‘tdi — safarbarlik tugadi“, deb o‘ylasa, xato qiladi”, — dedi 3-muddatga saylangan prezident.

“Konstruktiv muxolifat faoliyatini kafolatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev
14 iyul 2023, 12:49

“Konstruktiv muxolifat faoliyatini kafolatlaymiz” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev inauguratsiya marosimida so‘zlagan nutqida O‘zbekistonda konstruktiv muxolifat faoliyati, fuqarolarning axborot olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari kafolatlanishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi
14 iyul 2023, 12:15

Shavkat Mirziyoyev prezident sifatida qasamyod qildi

Shavkat Mirziyoyev 14-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida O‘zbekiston prezidenti sifatida qasamyod qildi.

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. bo‘ldi
14 iyul 2023, 11:40

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi v.b. bo‘ldi

Zufar Narzullayev “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Prezident sobiq rahbar Husnutdin Xosilovni faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olgandi.

Dam olish kunlari harorat pasayadi
14 iyul 2023, 11:18

Dam olish kunlari harorat pasayadi

Juma kuni O‘zbekiston bo‘ylab Kavkazdan kirib kelayotgan havo harakatini davom ettiradi va barcha joylarda issiq zaiflasha boshlaydi. Dam olish kunlari harorat +33…+38 daraja, faqat ayrim joylarda 39…+40 darajagacha issiq bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi ish haqini natura shaklida to‘lash tartibini belgiladi
14 iyul 2023, 11:07

Vazirlar Mahkamasi ish haqini natura shaklida to‘lash tartibini belgiladi

Hukumat ish haqini natura shaklida to‘lash tartibi bo‘yicha qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan o‘zi yoki oilasi iste’moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari berish, uy xizmatchilari bilan esa oziq-ovqat va vaqtincha yashash uchun uy-joy bilan ta’minlash shaklida hisob-kitob qilish mumkin bo‘ladi.

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona tomonidan kimyoviy moddalar oqizib kelingani aniqlandi
14 iyul 2023, 10:58

Toshkentdagi Bo‘zsuv kanaliga 18 ta korxona tomonidan kimyoviy moddalar oqizib kelingani aniqlandi

Bosh prokuratura o‘rganishi davomida Toshkent shahrida joylashgan 18 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bo‘zsuv kanaliga yuqori konsentratsiyada ifloslangan kimyoviy moddalar oqizilgani aniqlandi va korxonalar ogohlantirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting