Parijda yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik para atletlar uchta — ikkita oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish dasturida Bobur Omonov 14 metr 73 sm natija bilan va T12 klassida uzunlikka sakrash dasturida ishtirok etgan para atlet Doniyor Saliyev 7 metr 47 sm natija bilan oltin medalni delegatsiya hisobiga qo‘shtirib qo‘yishdi. Ushbu natijalar bilan para atletlar jahon chempionati rekordlarini yangilashdi.

para atlet, paraлимпия йўлланмаси

Shuningdek, ayollar o‘rtasida F54 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Nurxon Qurbonova 7 metr 38 sm natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

para atlet, paraлимпия йўлланмаси

Shu tariqa, o‘zbekistonlik para atletlar Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritishdi.