Toshkentda odam o‘g‘irlashda gumonlangan 2 shaxs ushlandi, ulardan biri vafot etdi
14 avgust 2023, 10:41

Toshkentda odam o‘g‘irlashda gumonlangan 2 shaxs ushlandi, ulardan biri vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ichki ishlar bo‘limida qo‘lga olingan shaxs vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. IIBB ma’lumotiga ko‘ra, o‘ta og‘ir jinoyatlarda gumon qilingan erkak bayonnoma rasmiylashtirish chog‘ida hushini yo‘qotgan va vafot etgan.

“Kengash ovozi xalq ovozi bo‘lishi kerak” — prezident
14 avgust 2023, 09:50

“Kengash ovozi xalq ovozi bo‘lishi kerak” — prezident

Prezident Toshkent, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida o‘nlab rahbarlar ishdan olinganidan har bir hokim xulosa qilishi kerakligi haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash xalq ovoziga aylanib, joylarda kim ishdan ketishi borasida taklif berishi kerak.

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani aks etgan video tarqaldi
14 avgust 2023, 09:39

Toshkentdagi yo‘l o‘tkazgich to‘sinlari qulagani aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta 42 metrli to‘sini qulagani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ular yuk mashinasi ustiga tushganini ko‘rish mumkin.

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
14 avgust 2023, 09:16

Farg‘onada ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Dang‘ara tumanida ohak sexi 1 mlrd 54 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Fuqaro 18 ta nostandart gaz yondirgichlarini yer osti gaz quvuriga ulab olgan.

Andijondagi daryodan 11 yoshli bolaning jasadi topildi
14 avgust 2023, 09:15

Andijondagi daryodan 11 yoshli bolaning jasadi topildi

Oltinko‘l tumanidan o‘tgan Qoradaryodan 11 yoshli o‘g‘il bola jasadi topildi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Viloyat FVB navbatchi dispetcherlik xizmatiga suvda cho‘kish bo‘yicha xabar kelib tushmagan, deyiladi boshqarma xabarida.

Farg‘onadagi ikki YTHda ikki kishi vafot etdi
14 avgust 2023, 09:10

Farg‘onadagi ikki YTHda ikki kishi vafot etdi

Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan ikki YTH oqibatida ikki yo‘lovchi vafot etdi. YTHlarning har ikkisi ham Damas ishtirokida sodir bo‘lgan.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning to‘sinlari qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
13 avgust 2023, 18:27

Toshkentda yo‘l o‘tkazgichning to‘sinlari qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini qulab tushgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Hodisa oqibatida 2 mlrd 760 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 nafar mansabdor ushlangani aytilmoqda.

Energetika vazirligi hamda hokimliklar issiqxonalarga gaz va ko‘mir yetkazib berilishini kafolatlaydi
13 avgust 2023, 16:20

Energetika vazirligi hamda hokimliklar issiqxonalarga gaz va ko‘mir yetkazib berilishini kafolatlaydi

Prezident issiqxonachilar anomal sovuqdan eng ko‘p zarar ko‘rganlar qatorida bo‘lganini aytib, Energetika vazirligi hamda hokimliklarga uch tomonlama shartnoma asosida ularni gaz va ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash topshirig‘ini berdi. Ayrim issiqxonalarga imtiyozli kredit va subsidiyalar ham ajratiladi.

Xorazmga yil oxirigacha 100 ta yangi avtobus keltiriladi
13 avgust 2023, 14:24

Xorazmga yil oxirigacha 100 ta yangi avtobus keltiriladi

Xorazm viloyatiga 2023-yil yakuniga qadar Xitoyning Zhongtong kompaniyasidan 100 ta yo‘lovchi avtobusi olib kelinadi.

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi
13 avgust 2023, 10:16

Amudaryo qirg‘og‘idagi qamishlar orasidan bir qop opiy topildi

DXX qo‘shni davlatdan olib kelingan qariyb 11 kg opiy moddasini musodara qildi. Xususan, Amudaryo qirg‘og‘ida qamishlar orasidagi qopdan 10 dona o‘ramda giyohvandlik moddasi topilgan.

O‘zbekiston — Qozog‘iston harbiylari hamkorlikda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi
13 avgust 2023, 09:55

O‘zbekiston — Qozog‘iston harbiylari hamkorlikda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari Aqtauda maxsus-taktik o‘quvlar o‘tkazdi. Maxsus bo‘linmalar zamonaviy qurolli mojarolar tajribasidan kelib chiqqan holda yangi taktik usuldan foydalandi. Dronlardan foydalanildi, yaqin masofada jang qilindi, dengiz, tog‘, cho‘l va shahar sharoitlarida operatsiyalar o‘tkazildi.

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi
12 avgust 2023, 23:30

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning 5 ta to‘sini qulab tushdi

Toshkentda aeroport yaqinida qurilayotgan yo‘l o‘tkazgichning beshta to‘sini bir vaqtning o‘zida qulab tushdi. Rasmiy xabarlarda ularni o‘rnatish paytida ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani aytildi. Iyul oyi oxirida O‘zbekiston prezidenti qurilish maydoniga tashrif buyurgan edi.

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi
12 avgust 2023, 17:18

O‘zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi jangovar harakatlarda qatnashayotgani aniqlandi

Toshkent shahrida tug‘ilgan 22 yoshli yigit Suriyada “Katiba al-G‘uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkilotida jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirgani uchun jarimaga tortildi
12 avgust 2023, 14:21

Xorazmda direktor o‘qituvchilarga maktabni tozalattirgani uchun jarimaga tortildi

Yangibozor tumanidagi 28-maktabda o‘qituvchilar maktabni tozalashga jalb qilindi. Bu topshiriqni bergani uchun direktorga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llandi.

Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi
12 avgust 2023, 12:15

Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Erkin Muhitdinov Ohangaron tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning sobiq hokimi Abdurasul Abdullayev esa Toshkent viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi.

Alisher Shodmonov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
12 avgust 2023, 11:32

Alisher Shodmonov sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori Alisher Shodmonov O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. 2017−2020-yillarda u ushbu vazirlikni boshqargan.

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa” taomlar
12 avgust 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: “Dangasa” taomlar

Pishloq va ko‘katli “dangasa” pirojkalar, tovuqli “dangasa” xonim, chuchvara, “dangasa” tovuq oyoqchalari, do‘lma va boshqalar — Zira.uz tez tayyor bo‘luvchi “dangasa” taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

BMT maxsus elchisi Gaaga sudini “Tolibon”ning ayollarga qarshi jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi
12 avgust 2023, 09:47

BMT maxsus elchisi Gaaga sudini “Tolibon”ning ayollarga qarshi jinoyatlarini tergov qilishga chaqirdi

BMTning global ta’lim bo‘yicha maxsus elchisi Gordon Braun Gaagadagi Xalqaro jinoiy sudni Afg‘onistonda ayollar va qizlarga nisbatan diskriminatsiya uchun “Tolibon”ni javobgarlikka tortishga chaqirdi.

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi
12 avgust 2023, 08:15

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi

Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.

“Gazeta.uz” 15 yilligini nishonlamoqda
11 avgust 2023, 22:37

“Gazeta.uz” 15 yilligini nishonlamoqda

11-avgust kuni O‘zbekistondagi eng yirik internet nashrlaridan biri “Gazeta.uz” o‘zining 15 yilligini nishonlamoqda. Sayt ilk kunlardanoq “Yangiliklarimiz xalq uchun” shiori ostida faoliyat yuritib kelmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting