Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish nega ortga surilganini tushuntirdi
4 oktabr 2023, 12:20

Qozog‘iston Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish nega ortga surilganini tushuntirdi

Qozog‘iston Rossiyadan O‘zbekistonga gaz tranzitini rejalashtirilganidek 1-oktabrdan emas, oktabr oxirida boshlashni rejalashtirmoqda. Qozog‘iston energetika vazirining ma’lum qilishicha, gaz quvurida ta’mirlash ishlari davom etmoqda, yetkaziladigan gaz hajmi ham kelishib olinmoqda.

Markaziy bank AVO bank`ga kredit berish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqladi
4 oktabr 2023, 11:50

Markaziy bank AVO bank`ga kredit berish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqladi

Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasi AVO bank`ga (sobiq “O‘zagroeksportbank”) ustav kapitalini talab qilingan darajaga — 200 mlrd so‘mga yetkazmagani uchun kreditlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish hamda depozit operatsiyalarini amalga oshirishni taqiqladi.

Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
4 oktabr 2023, 10:47

Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Elison Lekler o‘z missiyasini yakunlamoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov unga mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi
4 oktabr 2023, 10:38

Toshkentda Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

Yil oxirida Toshkent shahrida Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Amsterdamning 80 foiz ko‘chalarida maksimal tezlik soatiga 30 kmgacha pasaytiriladi
4 oktabr 2023, 10:29

Amsterdamning 80 foiz ko‘chalarida maksimal tezlik soatiga 30 kmgacha pasaytiriladi

Niderlandiya poytaxti Amsterdam shahridagi 80 foiz ko‘chalarda transport vositalari uchun tezlik chegarasi soatiga 50 kmdan 30 kmgacha pasaytiriladi. Shahar ma’muriyati bu orqali jiddiy YTHlarni 30 foizgacha kamaytirmoqchi. Shuningdek, bu shahardagi shovqin darajasini ikki baravar kamaytirishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladigan mayning faoliyatiga ruxsat beriladi
4 oktabr 2023, 09:54

O‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladigan mayning faoliyatiga ruxsat beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Fizikaviy elektronika sohasidagi yirik olim Nazar To‘rayev vafot etdi
4 oktabr 2023, 09:31

Fizikaviy elektronika sohasidagi yirik olim Nazar To‘rayev vafot etdi

Fizikaviy elektronika sohasidagi taniqli olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Nazar To‘rayev 85 yoshida vafot etdi. Uning yaqinlariga O‘zbekiston prezidenti va boshqa rasmiy shaxslar hamdardlik bildirdi.

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara bo‘yicha bayonnoma imzoladi
3 oktabr 2023, 23:37

Qirg‘iziston va Tojikiston chegara bo‘yicha bayonnoma imzoladi

Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari uchrashuvida qirg‘iz-tojik chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Uning mazmuni oshkor qilingani yo‘q, biroq ikki davlat maxsus xizmatlari rahbarlari ushbu hujjat chegaradagi barcha kelishmovchiliklarni hal etishini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda energiya bozori regulyatori tashkil etilmoqda
3 oktabr 2023, 22:42

O‘zbekistonda energiya bozori regulyatori tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlarini yaratish, elektr energiyasini yetkazib berish va taqsimlash tariflari va to‘lov hajmlarini tasdiqlash kabilar regulyatorning vazifalari hisoblanadi.

3-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
3 oktabr 2023, 22:00

3-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Narxi oshgan poyezd chiptalari, bolalarda ichak gelmintiozidan ommaviy davolash o‘tkazilishi, kollej va texnikumdagi xotin-qizlarga davlat granti ajratilishi, Toshkent viloyatida hojatxonadan topilgan yosh bola jasadi, “elektr zapravkalar”da narxlar ko‘tarilgani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Elektr energiyasini xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi
3 oktabr 2023, 22:00

Elektr energiyasini xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasini markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi “O‘zenergosotish” kompaniyasi tashkil etiladi. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” elektr energiyasini yetkazib berish va tranzit qilishga javobgar bo‘ladi.

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qilmoqda
3 oktabr 2023, 21:15

O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishni taklif qilmoqda

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish bo‘yicha qaror loyihasini hukumatga kiritdi. Xususan, xorijdan kelayotganlar uchun IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda.

Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi
3 oktabr 2023, 20:26

Toshkent viloyatida hojatxonadan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi xususiy uylardan birining hojatxonasidan to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi. Qasddan odam o‘ldirish moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

“Mobil qullik” bekor qilinishi oktabr oxirida AKT haftaligida e’lon qilinadi — Raqamli texnologiyalar vazirligi
3 oktabr 2023, 20:09

“Mobil qullik” bekor qilinishi oktabr oxirida AKT haftaligida e’lon qilinadi — Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati oktabr oxirida bo‘lib o‘tadigan ICTWeek Uzbekistan 2023 haftaligida “mobil qullik”ka barham berilishini e’lon qiladi va raqamni saqlagan holda uyali aloqa operatorini o‘zgartirish tartibini namoyish etadi, deya xabar qildi vazirlik “Gazeta.uz”ga .

O‘zbekistonga 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlar noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
3 oktabr 2023, 19:23

O‘zbekistonga 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlar noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Turkmanistondan O‘zbekistonga poyezd vagonida umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik qariyb bir million quti sigaretlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi. Bu butun sentabr oy davomida bojxonada aniqlangan va olib qo‘yilgan hajmdan ham ko‘proq.

Har yili aholi zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi
3 oktabr 2023, 17:31

Har yili aholi zilzila vaqtida qanday harakatlanish bo‘yicha o‘qitiladi

Hukumat qarori bilan har yili aholi zilzila vaqtida harakatlanish bo‘yicha mashg‘ulotlarda o‘qitiladi. Qolaversa, bog‘cha bolalari, maktab, texnikum o‘quvchilari, oliygoh talabalari, shuningdek, ishchi-xodimlar ham maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Turistlarga esa qo‘llanmalar tarqatiladi.

Buxoroda 1500 bosh noyob tuvaloq qushi ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi
3 oktabr 2023, 16:56

Buxoroda 1500 bosh noyob tuvaloq qushi ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Buxoroning cho‘l hududlariga noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan 1500 bosh yo‘rg‘a tuvalog‘i qo‘yib yuborildi. Qushlar BAA moliyalashtiruvchi “Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi” tomonidan yetishtirilgan.

“Gerofarm”: Zuma Pharma bilan O‘zbekistonda insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik iyul oyida to‘xtatilgan
3 oktabr 2023, 16:30

“Gerofarm”: Zuma Pharma bilan O‘zbekistonda insulin ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hamkorlik iyul oyida to‘xtatilgan

Rossiyaning “Gerofarm” kompaniyasi va mahalliy Zuma Pharma korxonasi insulin preparatlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni to‘xtatishga qaror qildi. “Gerofarm”ning qayd etishicha, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha rejalar saqlanib turibdi.

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti elektronlarni o‘rgangan olimlarga berildi
3 oktabr 2023, 16:13

Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti elektronlarni o‘rgangan olimlarga berildi

Fizika bo‘yicha 2023-yilgi Nobel mukofoti elektronlar bo‘yicha eksperimental tajribalar o‘tkazgan olimlar Per Agostini, Ferens Krauz va Ann Le-Huillerga berildi.

Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi
3 oktabr 2023, 16:07

Kollej va texnikumlarda ta’lim olayotgan xotin-qizlarga davlat granti ajratiladi

O‘zbekistonda qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb bo‘yicha ta’lim olayotgan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting