Bojxonachilar katta miqdordagi kontrabanda sigaretalar partiyasining O‘zbekistonga olib kirilishining oldini oldi. Surxondaryo viloyatidagi “Boldir” posti orqali Turkmanistondan mamlakatga kirib kelgan poyezd vagonlaridan biri bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda noqonuniy yuk aniqlandi, deb xabar qildi viloyat bojxona boshqarmasi matbuot xizmati.

Vagondan hujjatlarda ko‘rsatilmagan, bojxona nazoratidan yashirilgan, aksiz markalari bo‘lmagan, umumiy qiymati 15 mlrd so‘mlik 999 956 quti sigaretalar aniqlangan.

Hozirda bojxona organlari ushbu holatni o‘rganmoqda.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyida yana bir holat — umumiy qiymati 12,7 mlrd so‘mlik 851 ming quti noqonuniy tamaki mahsulotlari aniqlanib, olib qo‘yilgan.