Toshkent viloyatida to‘rt yoshli bolaning jasadi topildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov “Gazeta.uz”ga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bolaning jasadi Zangiota tumanidagi xususiy uylardan birining hojatxonasidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.