Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi
7 oktabr 2023, 13:13

Toshkentda 6-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Yunusobod tumanidagi 259-maktabning 6-sinf o‘quvchisi jismoniy tarbiya darsi vaqtida ko‘krak qafasiga koptok tegib, hushini yo‘qotdi. O‘quvchi shifoxonaga olib borilganiga qaramay, vafot etdi.

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari vakili sotuvi to‘xtatilgan boshqa dorilarning sotilishiga ruxsat so‘ramoqda
7 oktabr 2023, 12:58

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilari vakili sotuvi to‘xtatilgan boshqa dorilarning sotilishiga ruxsat so‘ramoqda

“Dok-1 Maks” ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakili — Quramax Medical MCHJ sotuvi 9 oy oldin to‘xtatilgan boshqa dorilar sotilishiga ruxsat so‘ramoqda. Advokat hozirda 50 turdan ortiq, qiymati 28 mlrd so‘mlik shunday dorilar borligi va ularning sifatsizligini tasdiqlovchi fakt yo‘qligini bildirdi.

Madaniyat vazirligi san’atkorlar haqidagi portal zarurligini asoslashga urindi
7 oktabr 2023, 12:24

Madaniyat vazirligi san’atkorlar haqidagi portal zarurligini asoslashga urindi

Madaniyat vazirligining xabar berishicha, san’atkorlar haqidagi portal to‘y va boshqa tadbirlarni rejalashtirayotgan muxlislarga ijrochilar bilan bevosita aloqada bo‘lishga yordam beradi. Saytda nafaqat 10 ga yaqin san’atkor, balki sohaning boshqa vakillari haqidagi ma’lumotlar joylashtiriladi, deydi vazirlik.

Istanbuldan Toshkentga kelayotgan samolyotda sigaret chekkan yo‘lovchi qidiruvda bo‘lib chiqdi
7 oktabr 2023, 11:41

Istanbuldan Toshkentga kelayotgan samolyotda sigaret chekkan yo‘lovchi qidiruvda bo‘lib chiqdi

Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi samolyot yo‘lovchisi Jinoyat kodeksining 276-moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani ma’lum bo‘ldi. Bu unga nisbatan bortda sigaret chekkani uchun jarima rasmiylashtirilayotgan vaqtda aniqlandi. Erkak qo‘lga olindi.

Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidentiga aylanishini ma’lum qildi
7 oktabr 2023, 10:35

Yandex Go O‘zbekistonda soliq rezidentiga aylanishini ma’lum qildi

Yandex Go O‘zbekistonning soliq rezidentiga aylanadi va 1-dekabrdan keyin ham o‘z faoliyatini davom ettiradi, deya bayonot berdi kompaniya Soliq qo‘mitasining ro‘yxatdan o‘tish talabiga javoban.

Mass-media fondi blogerning jurnalistga qilgan tahdidlarini nomaqbul deb atadi
7 oktabr 2023, 10:15

Mass-media fondi blogerning jurnalistga qilgan tahdidlarini nomaqbul deb atadi

Repost.uz nashri o‘z xodimi Violetta Mustafina bloger Amirxon Shamsiddinovning itni tepmoqchi bo‘lgan videosini e’lon qilganidan so‘ng undan tahdidlar olgani haqida xabar berdi. Mass-media fondi blogerning tahdid va haqoratlarini “mutlaqo qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan” deb atadi.

Nima tayyorlaymiz: Qatlama xamirdan pishiriqlar (Sloykalar)
7 oktabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Qatlama xamirdan pishiriqlar (Sloykalar)

“Olma” qatlamachalari, tovuq va pishloqli yoki shokolad pastali sloyka, nok hamda bananli qatlamachalar — Zira.uz qatlama xamir va turli mahsulotlardan foydalanib, shirin va mazali pishiriqlarni tayyorlash retseptlari bilan bo‘lishadi.

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi
6 oktabr 2023, 23:45

Samarqandda Rossiyaning bosh konsulxonasi ochiladi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlari bo‘yicha Samarqandda RF Bosh konsulxonasini ta’sis etish, neft yetkazib berish sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitimlar va boshqa hujjatlar (jami 10 ta) imzolandi.

O‘zbekiston Ekopartiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazmaslikka chaqirdi
6 oktabr 2023, 23:21

O‘zbekiston Ekopartiyasi Botanika bog‘ini Toshkent hokimligi tasarrufiga o‘tkazmaslikka chaqirdi

Botanika bog‘ini O‘zbekiston hukumatining istirohat bog‘larini boshqarish to‘g‘risidagi qarori loyihasidan chiqarish va unga milliy bog‘ maqomi berilishi kerak, deya ma’lum qildi Ekopartiya. Avvalroq Botanika bog‘ini Fanlar akademiyasidan hokimlik tasarrufiga o‘tkazish rejalaridan xavotir bildirilgan edi.

6-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 oktabr 2023, 22:38

6-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi, Rossiyadan O‘zbekistonga 7-oktabrdan gaz yetkazib berish boshlanishi, “Moskva-Toshkent” reysi bortida vafot etgan yo‘lovchi, Yandex.Go`dan ro‘yxatdan o‘tib, soliq to‘lashni talab qilgan Soliq qo‘mitasi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin
6 oktabr 2023, 22:18

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish 7-oktabrdan boshlanadi — Mirziyoyev va Putin

O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari 7-oktabr kuni O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etadi, dedi Vladimir Putin. Shavkat Mirziyoyev loyihani “strategik” deb atadi. Avvalroq Qozog‘iston gaz oy oxiridan yetkazilishini bildirgandi.

Toshkent viloyatida furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi
6 oktabr 2023, 21:44

Toshkent viloyatida furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi

O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi “Yallama” nazorat-o‘tkazish punktida Tojikiston davlat raqamiga ega furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi.

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi
6 oktabr 2023, 21:18

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga “Rossiya-Dog‘iston” aloqalari rivoji uchun minnatdorchilik bildirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda adashib ketdi va “Rossiya-Dog‘iston” aloqalarini rivojlantirishdagi ishtiroki uchun unga minnatdorchilik bildirdi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borsa bo‘ladi?
6 oktabr 2023, 21:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borsa bo‘ladi?

Beshta kinopremera, ko‘rgazmalar, konsertlar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, hakatonlar, ziyofatlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
6 oktabr 2023, 20:53

“Hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”. O‘zbekiston va Rossiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan tor doiradagi uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik davom etayotgani, mamlakatlar o‘rtasida “hal qilinmagan birorta ham masala yo‘q”ligini ta’kidladi. Putin esa “juda nozik sohalardagi” hamkorlikni qayd etdi.

“Moskva-Toshkent” reysi bortida yo‘lovchi vafot etdi
6 oktabr 2023, 19:39

“Moskva-Toshkent” reysi bortida yo‘lovchi vafot etdi

Moskvadan Toshkentga uchayotgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Urganchga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Erkak bortda vafot etdi.

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
6 oktabr 2023, 19:27

O‘zbekiston sportchilari Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida yana 3 ta medalni qo‘lga kiritdi

Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Terminallar Humo kartalarini qabul qiladi, sotuvchilarning rad etishlari asossiz — kompaniya
6 oktabr 2023, 18:12

Terminallar Humo kartalarini qabul qiladi, sotuvchilarning rad etishlari asossiz — kompaniya

So‘nggi kunlarda Humo kartasi foydalanuvchilari ilova orqali to‘lovni amalga oshirish va pul o‘tkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ba’zi do‘konlar bu kartalarni qabul qilishdan bosh tortgan. Kompaniya muammo terminallarga ta’sir qilmaganini ta’kidlab, xizmat ko‘rsatish rad etilganda, shikoyat qilishni so‘radi.

O‘zbekiston avgust oyida Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz eksport qildi
6 oktabr 2023, 18:00

O‘zbekiston avgust oyida Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz eksport qildi

Avgust oyida O‘zbekiston Xitoyga 75,27 million dollarlik gaz yetkazib berdi. Yil boshidan buyon gaz eksporti 370,57 million dollarni tashkil etdi, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga kam.

“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi
6 oktabr 2023, 17:55

“Mazmunan juda boy tashrif”. Shavkat Mirziyoyev Rossiya hukumati raisi bilan uchrashdi

Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borgan Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat bosh vaziri Mixail Mishustin bilan muzokara o‘tkazdi. Ular iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shaharsozlik sohalarida hamkorlik va O‘zbekistonda elektron savdoni joriy etish kabi masalalarni muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting