Toshkent viloyatining Qozog‘iston bilan chegaradosh “Yallama” chegara bojxona postida furgondan qariyb 20 kg geroin aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

Hujjatlarga ko‘ra bo‘sh kelgan Tojikiston davlat raqamiga ega yuk mashinasi salonining pol qismi ostidan skotch bilan o‘ralgan 36 dona o‘ram yashirilgani ma’lum bo‘ldi. Ular ichidan o‘tkir hidli modda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, geroin chiqdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.