O‘zbekiston va Škoda o‘rtasida 30 ta elektropoyezd bo‘yicha shartnoma imzolandi. Abdulla Aripov kelishuvni inqilobiy deb atadi
12 oktabr 2023, 10:48

O‘zbekiston va Škoda o‘rtasida 30 ta elektropoyezd bo‘yicha shartnoma imzolandi. Abdulla Aripov kelishuvni inqilobiy deb atadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va Škoda Group o‘rtasida 320 mln yevrolik 30 ta elektropoyezd yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bosh vazir Abdulla Aripov buni O‘zbekiston temir yo‘llari sohasi uchun inqilobiy deb atadi. Kelgusi yildan past polli harakat tarkiblarini ishlab chiqarish boshlanadi. Foto.

Stokgolm markaziga benzin va dizelda yuradigan avtomobillar kirishi taqiqlanadi
12 oktabr 2023, 09:42

Stokgolm markaziga benzin va dizelda yuradigan avtomobillar kirishi taqiqlanadi

2025-yildan Shvetsiya poytaxti Stokgolm markaziga benzin va dizel yonilg‘isida yuradigan avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. Shahar rasmiylari bu qarorni havo sifatini yaxshilash va transport shovqinini kamaytirish maqsadida qabul qildi.

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona
12 oktabr 2023, 09:13

Uzbekistan Airways Isroilga parvozlarni davom ettiradi — elchixona

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni davom ettirmoqda, deb xabar qildi O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi.

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi
11 oktabr 2023, 23:21

O‘zbekiston prezidenti kuzgi daraxt ekish mavsumini e’lon qildi

O‘zbekistonda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida 85 mln tup ko‘chat ekish rejalashtirilmoqda. Prezident bu borada avval yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamaslik shart ekanini ta’kidladi. U obodonlashtirish bo‘limlarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha tajriba o‘tkazishni ma’qulladi.

Yangi parvozlar, tozalik va tabassum. O‘zbekiston prezidenti sayyohlarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi
11 oktabr 2023, 22:47

Yangi parvozlar, tozalik va tabassum. O‘zbekiston prezidenti sayyohlarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi

Prezident O‘zbekistonga sayyohlarni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu borada yaqin xorij va Xitoy katta salohiyatga egaligini ta’kidladi. Madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, filmlar suratga olish, turizm obyektlarida tozalik, xushmuomalalikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

11-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
11 oktabr 2023, 22:00

11-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

OTBdan elektromobillarni ommalashtirish uchun $170 mln, Toshkentda tuproq bosib qolib vafot etgan 2 quruvchi, metropolitendagi uzilishlar sababi, $75 mingga sotilgan eng qimmat avtoraqam, Andijon davlat universitetidagi 39,3 mlrd so‘mlik talon-toroj va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kun dayjestida.

O‘zbekiston 6 ta tezyurar Hyundai Rotem poyezdi va 30 ta Skoda elektropoyezdini sotib oladi
11 oktabr 2023, 21:17

O‘zbekiston 6 ta tezyurar Hyundai Rotem poyezdi va 30 ta Skoda elektropoyezdini sotib oladi

O‘zbekiston Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasidan 6 ta tezyurar poyezd, Chexiyaning Skoda kompaniyasidan 30 ta elektropoyezd sotib olishni rejalashtirmoqda. Buning uchun davlat kafolati ostida 535 mln yevro miqdorida kreditlar jalb etiladi.

O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam qariyb 75 ming dollarga sotildi
11 oktabr 2023, 20:54

O‘zbekistonda eng qimmat avtoraqam qariyb 75 ming dollarga sotildi

01 777 RRR avtomobil raqami kimoshdi savdosida 894 mln so‘mga sotilib, O‘zbekistonda yuridik shaxslar uchun eng qimmat “chiroyli” raqam bo‘ldi. Bir yarim soatlik savdoda narx 3 barobarga oshdi.

XVJ 2023-yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini yaxshiladi
11 oktabr 2023, 20:29

XVJ 2023-yilda O‘zbekiston YAIM o‘sishi prognozini yaxshiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2023-yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga bahosini biroz yaxshiladi. Mamlakat yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga oshishi kutilmoqda. Xuddi shu ko‘rsatkich 2024-yil uchun ham prognoz qilinmoqda.

Toshkent hokimligi va BYD o‘rtasida 2000 ta elektrobus xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi
11 oktabr 2023, 20:08

Toshkent hokimligi va BYD o‘rtasida 2000 ta elektrobus xarid qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi

Toshkent hokimligi Xitoyning BYD kompaniyasidan 2000 dona K9UD eBus elektrobuslarini xarid qiladi. 200 ta avtobusning birinchi partiyasi 2024-yilda keltirilishi kerak.

Qozog‘iston “yaxshiroq narx va shartlar taklif qilinsa”, O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirishi mumkin
11 oktabr 2023, 19:52

Qozog‘iston “yaxshiroq narx va shartlar taklif qilinsa”, O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirishi mumkin

Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirishni ko‘rib chiqishga tayyor, agarda “O‘zbekiston tomoni Xitoyga qaraganda yaxshiroq narx va shartlarni taklif qilsa”. Mamlakat Energetika vazirligi Rossiya nefti O‘zbekiston bozorida qozoq neftining siqib chiqarayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Toshkentda tuproq bosib qolgan 5 nafar quruvchidan 2 nafari halok bo‘ldi
11 oktabr 2023, 17:59

Toshkentda tuproq bosib qolgan 5 nafar quruvchidan 2 nafari halok bo‘ldi

Uchtepa tuman hokimligi kollektor qurilishida 5 nafar xodimni tuproq bosib qolganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, ulardan 2 nafari vafot etdi, 1 nafari kasalxonada, qolganlarning ahvoli qoniqarli baholanmoqda.

Isroil va G‘azoda vatandoshlarimiz asirga olingani haqida ma’lumot yo‘q — O‘zbekiston elchixonasi
11 oktabr 2023, 17:26

Isroil va G‘azoda vatandoshlarimiz asirga olingani haqida ma’lumot yo‘q — O‘zbekiston elchixonasi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat hududi va G‘azo sektorida majburan ushlab turilganlar orasida o‘zbekistonliklar borligi haqida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi. Shuningdek, Isroilda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolaridan aloqaga chiqish so‘raldi.

Toshkentda 3 nafar quruvchini tuproq bosib qolgani aytilmoqda
11 oktabr 2023, 17:25

Toshkentda 3 nafar quruvchini tuproq bosib qolgani aytilmoqda

Toshkentning Uchtepa tumanida uch nafar quruvchini tuproq bosib qolgani aytilmoqda. Ular FVBning 16 nafar qutqaruvchilari tomonidan 2 soatdan buyon qidirilmoqda.

Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha daha va ko‘chalarida 24 soatga issiq suv o‘chadi
11 oktabr 2023, 17:05

Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha daha va ko‘chalarida 24 soatga issiq suv o‘chadi

“Chilonzor” qozonxonasi faoliyatini to‘xtatishi sabab Chilonzor va Uchtepa tumanlarining bir qancha hududlarida 12-oktabrda issiq suv ta’minoti o‘chiriladi.

Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi
11 oktabr 2023, 16:46

Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston SSR Qurilish vazirligi, Namangan va Samarqand viloyatlarini boshqargan Nazir Rajabov 84 yoshida vafot etdi.

Sudoche ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatdagi suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi
11 oktabr 2023, 16:14

Sudoche ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatdagi suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi

Qoraqalpog‘istondagi Sudoche ko‘llar tizimi “Ramsar” konvensiyasining xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq hududlari ro‘yxatiga kiritildi. Bungacha Dengizko‘l (2001), Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (2008) hamda To‘dako‘l va Quymazor suv omborlari (2020) mazkur ro‘yxatdan joy olgan.

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi
11 oktabr 2023, 15:53

O‘zgidromet 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfini e’lon qildi

12−13-oktabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.

Yangihayot tumanidagi ko‘cha va mavzelarga nom berish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda
11 oktabr 2023, 15:29

Yangihayot tumanidagi ko‘cha va mavzelarga nom berish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda

Toshkent shahri aholisi 10−17-oktabr kunlari Yangihayot tumanidagi mavze va ko‘chalarni nomlash bo‘yicha takliflarini yo‘llashi mumkin. “Gazeta.uz” avvalroq poytaxtdagi 200 ga yaqin geografik obyektning nomi yo‘qligi haqida yozgandi.

Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTH sodir etdi
11 oktabr 2023, 15:19

Toshkentda telefonida video olib ketayotgan 18 yoshli Equinox haydovchisi YTH sodir etdi

Toshkentda 18 yoshli Equinox haydovchisi telefondan foydalanib ketayotganda, svetoforda turgan boshqa mashinaga katta tezlikda borib urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia-3 haydovchisi va yo‘lovchisi jabrlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting