O‘zbekiston va Italiya hamkorligi bo‘yicha bir nechta shartnoma imzolandi
10 noyabr 2023, 16:10

O‘zbekiston va Italiya hamkorligi bo‘yicha bir nechta shartnoma imzolandi

O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish, shuningdek, ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Turkmaniston Iroqqa gaz yetkazib beradi
10 noyabr 2023, 15:32

Turkmaniston Iroqqa gaz yetkazib beradi

Turkmaniston Iroq bilan gazni Eron orqali yetkazib berish borasida kelishib oldi. Protokol yiliga 9 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha 5 yillik shartnomani nazarda tutadi.

O‘zbekiston va Italiya 2024-yilda Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi
10 noyabr 2023, 15:18

O‘zbekiston va Italiya 2024-yilda Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi

Toshkentda O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlari forumini tashkil etish va uning ilk yig‘ilishini kelasi yili Samarqandda o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma ta’lim forumini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi
10 noyabr 2023, 14:41

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi

Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.

“Ularning hammasi ham qo‘shimcha daromad topavermaydi”. Madaniyat vazirligi — san’atkorlarning uy-joy olishiga subsidiya ajratish taklifi haqida
10 noyabr 2023, 13:07

“Ularning hammasi ham qo‘shimcha daromad topavermaydi”. Madaniyat vazirligi — san’atkorlarning uy-joy olishiga subsidiya ajratish taklifi haqida

Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.

“Yagona yo‘limiz — hosildorlikni keskin oshirish orqali tannarxni kamaytirish”. Prezident qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida
10 noyabr 2023, 12:13

“Yagona yo‘limiz — hosildorlikni keskin oshirish orqali tannarxni kamaytirish”. Prezident qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida

Prezident bog‘ va tokzorlarni yiliga kamida bir marta xatlovdan o‘tkazish, samarasiz deb topilsa, yer solig‘idan berilgan imtiyozni bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, go‘sht, tuxum va sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kreditlar muddatini oshirish va boshqa vazifalarni belgiladi.

Tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlarni chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda
10 noyabr 2023, 12:10

Tez yordamni yolg‘ondan chaqirganlarni chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik holatlari yuzasidan nizom ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilganlarni xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati — bugungi kunda 178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda.

“Bozorga allaqachon salbiy ta’sir qildi”. Georgiy Paresishvili — MBning yuridik shaxslar uchun valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha o‘zgartirishlar loyihasi haqida
10 noyabr 2023, 11:53

“Bozorga allaqachon salbiy ta’sir qildi”. Georgiy Paresishvili — MBning yuridik shaxslar uchun valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha o‘zgartirishlar loyihasi haqida

Markaziy bankning valyutani sotib olish shartlarini o‘zgartirishga oid loyihasi fond bozoriga allaqachon salbiy ta’sir ko‘rsatdi, dedi “Toshkent” fond birjasi rahbari Georgiy Paresishvili. U konvertatsiyani murakkablashtirish investorlarni cho‘chitishini ta’kidladi va jarayonni soddalashtirish tarafdori ekanini aytdi.

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
10 noyabr 2023, 11:34

Shanba, yakshanba kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

Xorazmda 2 dona qadimiy bilaguzukning xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi
10 noyabr 2023, 11:15

Xorazmda 2 dona qadimiy bilaguzukning xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi

Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.

Reuters: Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 19-noyabrgacha bekor qilinadi
10 noyabr 2023, 10:39

Reuters: Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 19-noyabrgacha bekor qilinadi

Rossiya hukumati kelasi hafta dizel va benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.

Isroil G‘azoda gumanitar tanaffuslar qilishga rozi bo‘ldi
10 noyabr 2023, 10:33

Isroil G‘azoda gumanitar tanaffuslar qilishga rozi bo‘ldi

Isroil urush boshlanganidan beri birinchi marta G‘azo sektorida kunlik gumanitar pauzalar qila boshladi. Har kuni 4 soat davomida harbiy harakatlar olib borilmaydi. Pauzalar vaqtida tinch aholi ikkita gumanitar koridor orqali sektorning janubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Hukumat xususiy sektordagi “dekret” puli miqdorini 3 baravarga qisqartirmoqchi. Sabab
10 noyabr 2023, 09:52

Hukumat xususiy sektordagi “dekret” puli miqdorini 3 baravarga qisqartirmoqchi. Sabab

2024-yilgi davlat budjetida xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‘uruq nafaqalari miqdorini 3 barobarga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Deputat Doniyor G‘aniyev buning kamayishini mablag‘larning o‘zlashtirilishi pastligi bilan izohladi va holat sabablarini o‘rganishni taklif qildi.

Italiya prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga keldi
10 noyabr 2023, 09:41

Italiya prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga keldi

Italiya prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella bilan O‘zbekistonga keldi. Ularni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
10 noyabr 2023, 09:00

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonning 16 ta shahrida 19-noyabr kuni davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilinadi. Barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda 3 va 10 km ni tashkil qiladi.

“Rossiya — Qozog‘istonning strategik hamkori”. Toqayev va Putin nimalar haqida kelishib oldi?
9 noyabr 2023, 22:30

“Rossiya — Qozog‘istonning strategik hamkori”. Toqayev va Putin nimalar haqida kelishib oldi?

Ostonada Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Kelgusi uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolanib, neft-gaz sanoati, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi
9 noyabr 2023, 21:49

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi

Ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70−80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi, dedi prezident. Ayrim to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar beriladi.

O‘zbekiston fermerlari viloyat ichidagi xohlagan klasterini tanlash va ortiqcha hosilini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi — prezident
9 noyabr 2023, 20:56

O‘zbekiston fermerlari viloyat ichidagi xohlagan klasterini tanlash va ortiqcha hosilini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi — prezident

O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik beriladi. Prezident fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzish va ortiqcha hosilni birja orqali sotish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.

Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etilmoqda. Shuhrat Vafayev SIA rahbari lavozimini tark etadi
9 noyabr 2023, 20:26

Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etilmoqda. Shuhrat Vafayev SIA rahbari lavozimini tark etadi

Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafayev lavozimidan ozod etildi. Agentlik qayta tashkil etilmoqda: uning rahbari bir vaqtda PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari ham bo‘ladi, shtatlar va o‘rinbosarlar soni qisqaradi.

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olinishi mumkin
9 noyabr 2023, 19:55

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olinishi mumkin

Prezident yirik savdo tarmoqlari bilan ishlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning muammolarini ko‘rsatib, Shaxrux Sharaxmetovning Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimiga loyiqligi masalasini o‘rganishni topshirdi. Davlat rahbari sariyog‘ eksportiga qo‘yilgan cheklovni ham olib tashlash bo‘yicha topshiriq berdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting