10-noyabr kuni O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning muzokaralari yakunida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va hamkorlikni nazarda tutuvchi qo‘shma bayonot qabul qilindi.

италия, hamkorlik

италия, hamkorlik

O‘zAga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasida quyidagi shartnomalar imzolandi:

  • diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • diplomatik akademiyalar o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
  • xalq ta’limini rivojlantirish to‘g‘risidagi idoralararo anglashuv memorandumi;
  • fan, texnologiya va innovatsiya sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo anglashuv memorandumi;
  • jismoniy tarbiya va sport sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi.

италия, hamkorlik

италия, hamkorlik

Avvalroq tomonlar savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlari forumini tashkil etish va uning ilk yig‘ilishini kelasi yili Samarqandda o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma ta’lim forumini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirgan edi.