“Mening birinchi uyim” dasturi doirasida qanday imtiyoz va subsidiyalar berish taklif etilmoqda?
15 noyabr 2023, 11:21

“Mening birinchi uyim” dasturi doirasida qanday imtiyoz va subsidiyalar berish taklif etilmoqda?

“Mening birinchi uyim” dasturi bo‘yicha prezident qarori loyihasi e’lon qilindi. Imtiyozli uylar so‘nggi 5 yilda uy-joyga egalik qilmagan oilalarga 20 yil muddatga bo‘lib to‘lash shartida sotilishi, oylik to‘lovning bir qismini qoplash uchun 5 yil davomida har oy 1 mln so‘m subsidiya ajratilishi kutilmoqda.

Rossiyaga eksport qilingan atirgullar hasharot bilan zararlangani aniqlandi
15 noyabr 2023, 10:49

Rossiyaga eksport qilingan atirgullar hasharot bilan zararlangani aniqlandi

Rossiyaning Irkutsk viloyatiga Zangiotadan eksport qilingan 3150 dona atirgul tamaki oqqanoti hasharoti bilan zararlangani aniqlandi. Tadbirkor ularni fitosanitar ruxsatnomasisiz jo‘natgan, “Rosselxoznadxor” esa olib kirishga ruxsat bermagan. Gullar o‘sha yerda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Ravshan Usmonov Londonga yetib keldi
15 noyabr 2023, 09:53

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Ravshan Usmonov Londonga yetib keldi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov Londonga yetib keldi. U 2018-yildan shu vaqtgacha O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.

QIWI Uzbekistan ilovasi 18-dekabrdan ishlamaydi
15 noyabr 2023, 09:45

QIWI Uzbekistan ilovasi 18-dekabrdan ishlamaydi

18-dekabrdan QIWI Uzbekistan ilovasi faoliyati to‘xtaydi. Kompaniya foydalanuvchilardan Uzcard va HUMO kartalariga pul o‘tkazib olishini so‘radi. Xizmat ilovaning yopilishini O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan xalqaro pul o‘tkazmalariga joriy etilgan taqiqdan keyingi cheklangan funksionallik bilan izohladi.

Chevrolet Onix narxi keskin oshdi
15 noyabr 2023, 09:15

Chevrolet Onix narxi keskin oshdi

UzAuto Motors Chevrolet Onix`ning beshta pozitsiyasi narxini sezilarli darajada oshirdi. Endi eng arzon Onix 149 mln so‘m o‘rniga 177 mln so‘mdan sotilmoqda. Kompaniya narxlarning oshishi sabablarini ochiqlamadi.

O‘zbekistonga gaz yetkazib berilishi Rossiyadagi gaz quvurlariga bosimni oshirdi
15 noyabr 2023, 09:07

O‘zbekistonga gaz yetkazib berilishi Rossiyadagi gaz quvurlariga bosimni oshirdi

O‘zbekistonga gaz yetkazib berish boshlanishi bilan “Gazprom” Rossiya gaz transporti tizimidagi oqimlarni qayta konfiguratsiya qilish, shuningdek, mamlakatdagi yerosti gaz saqlash tizimi ishini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ldi, dedi “Gazprom PXG” bosh direktori Igor Safonov.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbariga nisbatan ikkita yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
14 noyabr 2023, 22:10

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbariga nisbatan ikkita yangi jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Karim Masimovga nisbatan yirik miqdorda pora olish va jinoiy yo‘llar bilan topilgan pullarni yuvishda gumonlanib, ikkita yangi jinoiy ish ochildi.

“O‘sha paytda uxlayotgan edim”. “Gazeta.uz” o‘quvchilari o‘z kartalaridan katta miqdorda pul yechib olingani haqida xabar berdi
14 noyabr 2023, 20:55

“O‘sha paytda uxlayotgan edim”. “Gazeta.uz” o‘quvchilari o‘z kartalaridan katta miqdorda pul yechib olingani haqida xabar berdi

11-noyabrda ayrim O‘zbekiston fuqarolarining bank kartalaridan katta miqdorda pul yechib olindi. Noma’lum shaxslar SMS-kodlar himoyasini chetlab o‘tgan. “Gazeta.uz” jabrlanuvchilarning so‘zlarini e’lon qilmoqda. Avvalroq MB va Humo banklardan biriga xakerlar tomonidan buzib kirilganini rad etgan edi.

“Ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘ladim. Ulardan biri mening ham farzandim bo‘lishi mumkin edi”. Doniyor G‘aniyev — “Dok-1 Maks” haqida
14 noyabr 2023, 20:33

“Ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘ladim. Ulardan biri mening ham farzandim bo‘lishi mumkin edi”. Doniyor G‘aniyev — “Dok-1 Maks” haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘laganini aytdi. Shundan kelib chiqib, u SSV rahbari Amrillo Inoyatovdan “qanday hulosa chiqardinglar, siyosiy javobgarlik bo‘ladimi, bunday qo‘pol xato qayta takrorlanmaydi deb va’da berolasizlarmi?” deya so‘radi. Video.

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligini nishonladi
14 noyabr 2023, 19:00

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligini nishonladi

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligi munosabati bilan tantanali kecha tashkil etdi. Marosimda brendning asosiy namoyandalari va mehmonlarga qiziqarli shou namoyish etildi, tanlov va yutuqli o‘yinlar o‘tkazildi.

$500 mlnlik bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi loyihasi bo‘yicha davlat va Cengiz Enerji majburiyatlari belgilab olindi
14 noyabr 2023, 18:49

$500 mlnlik bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishi loyihasi bo‘yicha davlat va Cengiz Enerji majburiyatlari belgilab olindi

Prezident Jizzax viloyatida 550 MVtlik bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Investor va loyiha kompaniyasi 500 mln dollarlik investitsiya jalb etish majburiyatini oladi, davlat kompaniyalari esa 25 yil davomida elektr energiyasi sotib olish, gaz va suv yetkazib berishni kafolatlaydi.

Nepal hukumati “ijtimoiy uyg‘unlikni” buzgani uchun TikTok`ni blokladi
14 noyabr 2023, 17:33

Nepal hukumati “ijtimoiy uyg‘unlikni” buzgani uchun TikTok`ni blokladi

Nepal hukumati mamlakatda TikTok faoliyatini cheklashga qaror qildi. Platforma kontenti “ijtimoiy uyg‘unlikni buzuvchi, oilaviy hamda ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazuvchi” deb topildi.

O‘zbekiston banklariga hujum bo‘lgani va Humo kartalaridan yirik miqdorda pul o‘g‘irlangani rad etildi
14 noyabr 2023, 17:26

O‘zbekiston banklariga hujum bo‘lgani va Humo kartalaridan yirik miqdorda pul o‘g‘irlangani rad etildi

Humo to‘lov tizimi xakerlar O‘zbekiston banklariga hujum qilgani va Humo kartalaridan yirik miqdorda pul o‘g‘irlagani haqidagi xabarlarni rad etdi. Markaziy bank ham banklar va to‘lov tizimlariga hech qanday kiberhujum bo‘lmaganini bildirdi.

Deputatlar Achilbay Ramatovning parlament so‘roviga javobidan qoniqmadi
14 noyabr 2023, 16:47

Deputatlar Achilbay Ramatovning parlament so‘roviga javobidan qoniqmadi

Qonunchilik palatasi deputatlari bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha yuborilgan parlament so‘roviga javobidan qoniqmaganini qayd etdi. “Yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmagani uchun” Ramatov 1-dekabrgacha qo‘shimcha javob berishi kerak.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun Media Plus loyihasi tashkil etildi
14 noyabr 2023, 15:58

Toshkentda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun Media Plus loyihasi tashkil etildi

Toshkent shahrida 18 yoshga to‘lgan, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mediasavodxonlikni o‘rgatuvchi Media Plus loyihasi tashkil etildi va bu kursda 20 kishi 2 oy davomida tahsil oldi. “Gazeta.uz” ushbu ijtimoiy loyihani qo‘llab-quvvatladi.

Surxondaryoda hokim yordamchisi firibgarlikda ayblanmoqda. U fuqarolar nomiga kredit olgan bo‘lishi mumkin
14 noyabr 2023, 15:33

Surxondaryoda hokim yordamchisi firibgarlikda ayblanmoqda. U fuqarolar nomiga kredit olgan bo‘lishi mumkin

Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning nomiga issiqxona tashkil etish uchun 4 marta (jami 132 mln so‘m) kredit olib, pullarni o‘ziga qarashli MCHJga o‘tkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va lavozimidan ozod etildi.

“Snos”lar bo‘yicha qarzdorligi bor hokimliklarga budjetning oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi
14 noyabr 2023, 14:20

“Snos”lar bo‘yicha qarzdorligi bor hokimliklarga budjetning oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi

Hokimliklarga aholi va biznesdan “snos” yoki mulkni olib qo‘yish bo‘yicha qarzi bo‘lgan holatda, budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi. O‘zbekiston hukumati qonun hujjatlariga bu bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

Rossiyaning Ozon marketpleysi O‘zbekistonda sotuvlarni yo‘lga qo‘ydi
14 noyabr 2023, 14:05

Rossiyaning Ozon marketpleysi O‘zbekistonda sotuvlarni yo‘lga qo‘ydi

Rossiyaning Ozon marketpleysi O‘zbekiston hududida faoliyat boshladi. Kompaniya 2024-yilda mamlakatda o‘zining logistika infratuzilmasini, jumladan, ombor majmualari va yetkazib berish xizmatlarini, shuningdek, brendlangan topshirish punktlarining franshiza tarmog‘ini rivojlantirish niyatidaligini ma’lum qildi.

Toshkentda daraxt mashina ustiga qulashi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
14 noyabr 2023, 12:28

Toshkentda daraxt mashina ustiga qulashi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Yangihayot tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 ustiga daraxt qulab tushdi. Oqibatda 26 yoshli yo‘lovchi qiz bosh miya ochiq jarohati bilan vafot etdi. Ekologiya bo‘limi daraxt sog‘lom bo‘lgani, yomg‘ir sababli tagi bo‘shab qolganini bildirdi.

2024-yilda xususiy sektorda “dekret puli” hajmi qisqarayotganiga izoh berildi
14 noyabr 2023, 11:43

2024-yilda xususiy sektorda “dekret puli” hajmi qisqarayotganiga izoh berildi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi davlat budjeti loyihasida “dekret puli” prognozi qisqarganini izohlarkan, 2023-yilda xususiy sektorda ishlayotgan 130 ming ayolga 300 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgani, biroq 9 oyda atigi 12 ming ayolga 24,6 mlrd so‘m nafaqa berilganini qayd etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting