UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Onix`ning bir qator pozitsiyalari narxini keskin oshirdi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi o‘zining rasmiy saytida narxlarni o‘zgartirdi, biroq avvalgi narx oshishi paytida bo‘lgani kabi bu haqda jamoatchilikka e’lon qilmadi. Bunga birinchi bo‘lib Autostrada.uz sayti e’tibor qaratdi.

Beshta Onix modellari 2022-yilgi narxlarga (QQS bilan) qaraganda nisbatan quyidagicha oshdi:

  • LS MT — 149 005 000 so‘mdan 176 900 000 so‘mgacha (o‘sish 18,7 foizga yoki 27,9 million so‘m);
  • 1LT MT — 155 009 000 so‘mdan 180 761 000 so‘mgacha (+16,6 foiz / 25,7 mln so‘m);
  • 4LT LTZ Turbo AT — 185 006 000 so‘mdan 199 899 840 so‘mgacha (+8 foiz / 14,9 mln so‘m);
  • Premier-1 Turbo AT — 207 347 000 so‘mdan 211 994 720 so‘mgacha (+2,2 foiz / 4,64 mln so‘m);
  • Premier-2 Turbo AT — 214 748 480 so‘mdan 219 580 480 so‘mgacha (+2,2 foiz / 4,83 mln so‘m).

Kompaniya qolgan uchta model — 3LT MT, Premier-2 Turbo AT PLUS, TURBO AT READLINE narxini hali o‘zgartirganicha yo‘q. Ushbu modellar uchun taxminiy ishlab chiqarish sanasi 2024-yil 31-yanvar bo‘lsa-da, mashina xaridi uchun hozirda 9300 dan ortiq xaridor ro‘yxatdan o‘tgan.

O‘zbekistonda Onix sotuvi 2022-yilning noyabrida, seriyali ishlab chiqarish 2023-yilning fevralida boshlangan. Qo‘shimcha konfiguratsiyalar may oyida e’lon qilingan.