Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga Rossiya gazini yetkazib berishning boshlanishi Rossiya gaz transporti tizimidagi gaz oqimlarini qayta konfiguratsiya qilishni, shuningdek, mamlakatdagi yerosti gaz saqlash tizimi yukini o‘zgartirishni talab qildi. Bu haqda “Gazprom PXG” MCHJ bosh direktori Igor Safonov ma’lum qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

7-oktabrdan O‘zbekiston Qozog‘iston hududi orqali “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvuri orqali Rossiyadan gaz importini boshlagan. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko‘ra, kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Safonovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yetkazib berishning boshlanishini hisobga olgan holda, “Volgabo‘yi va Orenburg viloyatidagi yerosti gaz omborlariga yukning oshishi kutilmoqda”. Shu bilan birga, Kaluga, Saratov viloyatlari, Boshqirdiston va Udmurtiyadagi bir qator gaz inshootlari kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

Bundan tashqari, “Gazprom transgaz Yekaterinburg” gaz transport kompaniyasining gaz tashish quvvatlari qisman eksportga yo‘naltiriladi, Chelyabinsk va Sverdlovsk viloyatlari ehtiyojlarini qondirish bilan asosan “Gazprom Transgaz Surgut” shug‘ullanadi.

“Bu yil qishda biz Urengoy-Chelyabinsk yo‘lagi bo‘ylab yonilg‘i ta’minotini ko‘paytirishimiz kerak. Bu quvurga yuk ortishiga sabab nafaqat O‘zbekistonga gaz eksporti, balki yonilg‘i sarfini ko‘proq iste’mol qila boshlagan Ural viloyatining iqtisodiy rivojlanish o‘sishidir”, — dedi Safonov.

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov avvalroq mamlakat “Gazprom” bilan Rossiya gazining kelgusida, asosan kuz-qish mavsumining eng sovuq pallasida yetkazib berish hajmini muhokama qilayotgani haqida xabar berilgandi. Avvalroq u Rossiyadan 300 million kub metrga yaqin gaz yetkazib berilganini ma’lum qilgan.