Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi
28 oktabr 2023, 09:27

Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan elchixonaga kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘raldi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik va elchixonaga konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘radi.

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani ketma-ket to‘rtinchi marta oshirdi
27 oktabr 2023, 22:53

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani ketma-ket to‘rtinchi marta oshirdi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 13 foizdan 15 foizga oshirdi. Ushbu qaror inflyatsiya bosimining sezilarli darajada oshgani va kreditlashning yuqori o‘sish sur’atlari bilan izohlandi. Rossiya Markaziy banki 2023-yil iyulidan beri ketma-ket to‘rtinchi marta asosiy stavkani oshirdi.

Sirdaryoda qalbaki 8300 dan ortiq dollar musodara qilindi
27 oktabr 2023, 22:42

Sirdaryoda qalbaki 8300 dan ortiq dollar musodara qilindi

Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida 8370 dolla qalbaki dollarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan ikki kishi qo‘lga olindi.

O‘zbekistondagi beshta arxeologik yodgorlik ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi
27 oktabr 2023, 22:30

O‘zbekistondagi beshta arxeologik yodgorlik ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantiriladi

Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa”, Surxondaryo viloyatidagi “Dalverzintepa”, Andijon viloyatidagi “Mingtepa”, Samarqand viloyatidagi “Sheroz qal’a” va Qoraqalpog‘istondagi “Qo‘yqirilgan qal’a” arxeologik yodgorliklarida ochiq osmon ostidagi muzeylarni yaratish ustida ish olib borilmoqda.

27-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti
27 oktabr 2023, 22:00

27-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Bekor qilingan “mobil qullik”, raqamni saqlab, mobil kompaniyani o‘zgartirish qo‘llanmasi, vaqtincha yopilgan metro bekatlari, soddalashgan IMEI tizimi, 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etilishi, yog‘ingarchiliksiz dam olish kunlari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Dongfeng Uzbekistan qulay shartlarda avtomobil xaridini taklif qilmoqda
27 oktabr 2023, 21:00

Dongfeng Uzbekistan qulay shartlarda avtomobil xaridini taklif qilmoqda

Dongfeng Uzbekistan kompaniyasi 1 yildan 3 yilgacha qulay shartlarda hamda kechiktirilgan muddat uchun penyalarsiz avtomobil xarid qilishni taklif etmoqda.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi uchun muhim xomashyo yetkazib beruvchisiga aylanishi mumkin
27 oktabr 2023, 20:14

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi uchun muhim xomashyo yetkazib beruvchisiga aylanishi mumkin

O‘zbekiston va Yevroittifoq iqlimga bezarar sanoat, raqamli texnologiyalar, aerokosmik va mudofaa sohalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan foydali qazilmalar — muhim xomashyo sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini muhokama qilishni boshladi.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
27 oktabr 2023, 20:00

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

Oltita kinopremera, spektakllar, itlar ko‘rgazmasi, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Ayol Yo‘li festivali, Ozod Shukrulloyev hamda DJ King Macarella konsertlari, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Qozog‘iston Milliy banki chet elliklarga bank kartalarini berish talablarini kuchaytirishni taklif qildi
27 oktabr 2023, 19:17

Qozog‘iston Milliy banki chet elliklarga bank kartalarini berish talablarini kuchaytirishni taklif qildi

Qozog‘iston Milliy banki mamlakat norezidentlariga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz bank kartalari berishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Regulyator bunday choralarni giyohvand moddalar yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi.

Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakunlanishi ma’lum qilindi
27 oktabr 2023, 17:30

Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakunlanishi ma’lum qilindi

Toshkent hokimligi tirbandliklarga sabab bo‘layotgan Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakuniga yetkazilishini ma’lum qildi.

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha
27 oktabr 2023, 17:25

Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni to‘xtatishga chaqiramiz — O‘zbekiston TIV Isroil-Falastin urushi bo‘yicha

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastin, Isroil va yana 7 ta mamlakatning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari qabul qilinib, G‘azo sektoridagi vaziyat haqida gaplashildi. Bolalar qurbon bo‘layotgan mojaroni to‘xtatishga yana bir bor chaqiramiz, deydi O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov.

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi
27 oktabr 2023, 16:25

Sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi

Senat ma’qullagan qonunlarga ko‘ra, sud qarorlarini kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish vakolati viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarga o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirilmoqda.

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi
27 oktabr 2023, 15:55

O‘zbekiston MDH mamlakatlari energiya tizimi yaxlit ishlashi uchun sharoitlar yaratishni taklif qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov MDH davlatlari hukumat rahbarlari kengashi majlisida hamdo‘stlik mamlakatlari energetika tizimlarining yaxlit ishlashi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, MDHning yagona elektron tijorat platformasini yaratishni taklif etdi.

Perfectum raqamli evolyutsiyani boshlamoqda
27 oktabr 2023, 15:00

Perfectum raqamli evolyutsiyani boshlamoqda

Perfectum aloqani yanada yaxshilash maqsadida 5G New Radio texnologiyasini joriy etishga qaror qildi. Loyihani amalga oshirish uchun Respublika radiochastotalar kengashi tomonidan chastota resursi ajratildi.

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi
27 oktabr 2023, 14:53

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ish boshladi

O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi etib tayinlangan Baxtiyor Ibragimov Vena shahriga yetib bordi. Bu lavozimga tayinlangunga qadar u Nyu-Yorkda O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili lavozimida ishlagan.

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
27 oktabr 2023, 14:51

Senat qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi. Qonunga yo‘lning ta’mirlash ishlari vaqtida qatnov qismining ko‘pi bilan 50 foizi cheklanishi, pulli to‘xtab turish joylariga doir talablar kabi qo‘shimchalar kiritilgan.

Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan vafot etdi
27 oktabr 2023, 14:43

Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan vafot etdi

Xitoy Davlat kengashining sobiq bosh vaziri Li Ketsyan 68 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.

O‘zbekistonga olib kirilayotgan telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi
27 oktabr 2023, 12:30

O‘zbekistonga olib kirilayotgan telefonlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi

Raqamli rivojlanish vazirligi O‘zbekistonga olib kirilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish soddalashtirilganini e’lon qildi. Endi ro‘yxatdan o‘tkazish Face-ID orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xorijliklar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilmoqda.

O‘zbekistonda 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etiladi
27 oktabr 2023, 11:55

O‘zbekistonda 2026-yilgacha elektr energiyasining erkin ulgurji bozori tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev energetika sohasini isloh qilish chora-tadbirlari bilan tanishdi. 2024-yil oxirigacha elektr energiyasining yagona savdo maydonchasini yaratish, 2026-yilgacha esa erkin ulgurji bozorni joriy etish rejalashtirilgan.

Senatorlar “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi
27 oktabr 2023, 11:32

Senatorlar “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonuni ma’qulladi

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Probatsiya to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi. Qonun bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarning huquqiy holati, ularga nisbatan elektron kuzatuv vositasini qo‘llash masalalari tartibga solinmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting