Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi
7 dekabr 2023, 12:39

Dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi

Dam olish kunlarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi +5…−10 daraja, kunduzi +10…-5 daraja atrofida bo‘ladi.

“O‘zbekneftgaz” reytingi pasaytirildi va prognoz yomonlashdi. O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biriga nima bo‘lyapti?
7 dekabr 2023, 11:54

“O‘zbekneftgaz” reytingi pasaytirildi va prognoz yomonlashdi. O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyalardan biriga nima bo‘lyapti?

S&P “O‘zbekneftgaz” kredit reytingini past natijalar, yuqori qarz yuki va Uzbekistan GTL to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani sababli nisbatan riskli bo‘lgan “B+” darajasiga tushirdi. Majburiyatlarning buzilishi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ehtimoli kamaygani sababli prognoz “salbiy”ga o‘zgargan.

Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida jinoyat olamining jami 150 dan ortiq vakillari ushlandi
7 dekabr 2023, 11:22

Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida jinoyat olamining jami 150 dan ortiq vakillari ushlandi

“Dolzarb 40 kunlik” maxsus reydlari davomida Toshkent viloyatida 34 nafar jinoiy guruh a’zosi qo‘lga olindi, 64 nafar qidiruvdagi shaxs ushlandi. Andijonda o‘zidan “yetakchi” yasab olgan 4 kishi, Buxoroda esa kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvchi 38 nafar shaxs qamoqqa olindi.

Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi
7 dekabr 2023, 11:03

Bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi

2022-yil boshida 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi.

Time jurnali qo‘shiqchi Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. Nega aynan u?
7 dekabr 2023, 11:01

Time jurnali qo‘shiqchi Teylor Sviftni “Yil odami” deb topdi. Nega aynan u?

Amerikalik xonanda Teylor Svift Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb topildi. Jurnal xonandaning besh qit’ada 151 ta shouni o‘z ichiga olgan va qo‘shiqchini milliarderga aylantirgan Eras Tour dasturiga ishora qilib, “Hozir sayyorada hech kim buncha ko‘p odamning hislarini uyg‘ota olmaydi”, deya qayd etdi.

Toshkentda 8 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 63 yoshli erkakka hukm o‘qildi
7 dekabr 2023, 10:37

Toshkentda 8 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan 63 yoshli erkakka hukm o‘qildi

Sud ko‘chada 8 yoshli qizni o‘pib, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 63 yoshli erkakka 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Yandex Go xizmati taksoparklar uchun komissiyani oshirdi
7 dekabr 2023, 10:29

Yandex Go xizmati taksoparklar uchun komissiyani oshirdi

Yandex Go xizmati O‘zbekistonga to‘laydigan QQS sabab taksoparklar uchun komissiya miqdorini oshirganini tasdiqladi. Shu bilan birga, xizmat vakillarining ta’kidlashicha, taksoparklar o‘z komissiyasining kamaytirishini kutish mumkin. Ayrim taksoparklar buni tasdiqladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
7 dekabr 2023, 10:20

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

8−13-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, 10−12-dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

O‘zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi
7 dekabr 2023, 10:00

O‘zbekiston va Hindiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi

Toshkentda mudofaa sanoati sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston seminari o‘tkazildi. Unda mudofaa sanoat majmuasi korxonalari ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Toshkent viloyatida tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi
7 dekabr 2023, 09:44

Toshkent viloyatida tergovdagi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘lgan IIB xodimlari 6 yildan 8,5 yilgacha qamaldi

Sud Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘i, ikki nafar tergovchi va profilaktika inspektorini 6 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Xodimlar kasalxonada vafot etgan gumonlanuvchini qiynoqqa solishda aybdor deb topildi, biroq ular buni rad etdi.

Konstitutsiyaviy sud O‘zbekistonda konstitutsiyaviy qonuniylik holatini muhokama qildi
7 dekabr 2023, 09:25

Konstitutsiyaviy sud O‘zbekistonda konstitutsiyaviy qonuniylik holatini muhokama qildi

Konstitutsiyaviy sud bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mulk huquqlari buzilishiga “mutlaqo toqatsiz munosabat”ini shakllantirish muhim, deb hisoblaydi. Sudlarning kengashlarga hisobot berish amaliyotini bekor qilish taklif etilmoqda.

Samarqand viloyatida 47 kishi jinoiy guruhga a’zolikda gumonlanib ushlandi
6 dekabr 2023, 21:06

Samarqand viloyatida 47 kishi jinoiy guruhga a’zolikda gumonlanib ushlandi

Samarqand viloyatida 47 kishi jinoiy guruhga a’zolikda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamaldi. Ushbu shaxslardan psixotrop vositalar va sovuq qurollar olib qo‘yildi, deya xabar berdi DXX.

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 334 nafar mahkum afv etildi
6 dekabr 2023, 20:52

Konstitutsiya kuni munosabati bilan 334 nafar mahkum afv etildi

Prezident chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 334 nafar mahkumni afv etdi. Ularning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayollar, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar tashkil etadi.

Toshkentda Abbosxon Xodjayev qo‘lga olindi. U avval ham “kriminal avtoritet” sifatida qamalgandi
6 dekabr 2023, 17:02

Toshkentda Abbosxon Xodjayev qo‘lga olindi. U avval ham “kriminal avtoritet” sifatida qamalgandi

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlangan yana 6 kishi ushlandi. Ular orasida avvalroq poytaxtning “kriminal avtoritet” nomiga da’vogarlik qilgan va ikki yilga qamalib chiqqan Abbosxon Xodjayev ham bor.

Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
6 dekabr 2023, 16:57

Qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi kiritildi. Loyiha Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi va tegishli vazirlik hamda idoralar vakillari bilan birgalikda takomiliga yetkazilmoqda.

Toshkent va Xorazmda qurol va giyohvandlik vositalari saqlagan shaxslar qo‘lga olindi
6 dekabr 2023, 15:33

Toshkent va Xorazmda qurol va giyohvandlik vositalari saqlagan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent shahri va Xorazm viloyatida giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilikda gumonlanib 19 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimiga jazo tayinlandi
6 dekabr 2023, 15:23

Toshkentda jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimiga jazo tayinlandi

Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimi 4 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi va undan 23,7 mln so‘m zarar undirildi.

O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi
6 dekabr 2023, 15:01

O‘zbekiston o‘quvchilar ko‘nikmasini baholash xalqaro dasturida ilk bor qatnashib, oxirgi o‘ntalikdan joy oldi

O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

O‘zbekistonda “zapravka”lar 11 oyda 110,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘rilagani aniqlandi
6 dekabr 2023, 14:50

O‘zbekistonda “zapravka”lar 11 oyda 110,4 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘rilagani aniqlandi

O‘zbekistonda 11 oyda “zapravka”lar 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdorlariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

OTB O‘zbekistonga korxonalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi
6 dekabr 2023, 14:32

OTB O‘zbekistonga korxonalar va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun 100 mln dollar qarz ajratdi. Mablag‘lar, jumladan, korxonalarning iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirishga yo‘naltiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting