Dam olish kunlari havo isiydi
24 noyabr 2023, 11:37

Dam olish kunlari havo isiydi

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, shanba kuni +17…+20, yakshanba kuni +20…+23 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

“Yashil makon” mablag‘larining kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga yo‘naltiriladi
24 noyabr 2023, 11:15

“Yashil makon” mablag‘larining kamida yarmi jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalarga yo‘naltiriladi

Budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida
24 noyabr 2023, 11:08

Energetika vaziri — yangi binolarning elektr tarmoqlariga bo‘ladigan yuklamasi haqida

Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.

Oltiariqdagi adirlikda barpo qilingan tokzordan yer olgan aholi nimadan shikoyat qilmoqda?
24 noyabr 2023, 11:01

Oltiariqdagi adirlikda barpo qilingan tokzordan yer olgan aholi nimadan shikoyat qilmoqda?

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida qariyb 1000 gektar maydonda tokzor barpo etilgan. Undan yer uchastkalarini olgan ayrim aholi suv muammosi va ko‘chatlar qurib ketayotganidan shikoyat qildi. Mas’ullar muammolarda fermerlarning o‘zlarini ayblamoqda.

Bag‘dod tumanida kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi
24 noyabr 2023, 10:48

Bag‘dod tumanida kollej direktorini kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi

Farg‘onaning Bag‘dod tumanida pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi. Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi holatni qoralagandi. Prokuratura surishtiruv ishlarini boshlagan.

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi
24 noyabr 2023, 09:54

JSST Xitoydan bolalarda pnevmoniya avj olayotgani bo‘yicha ma’lumot so‘radi

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi
24 noyabr 2023, 09:52

Jizzaxda yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigining bir qismini shikastladi

Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida Howo yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini shikastladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangunicha ko‘prik bir muddatga yopildi. Hozirda poyezdlar ushbu yo‘nalishda harakatini davom ettirmoqda.

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish qisman cheklandi
24 noyabr 2023, 09:29

Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasida harakatlanish qisman cheklandi

Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklandi. Bunda yo‘lning bir tarafi yopilib, ikkinchi qismida ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yiladi.

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 noyabr 2023, 09:10

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.

SSV rahbari Toshkentdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari yuklamasini tezda kamaytirish topshirig‘ini berdi
23 noyabr 2023, 19:56

SSV rahbari Toshkentdagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari yuklamasini tezda kamaytirish topshirig‘ini berdi

Toshkent shahrida yuqumli kasalliklar ko‘paygani haqidagi xabarlar ortidan SSV rahbari shifoxonalar yuklamasini tezda kamaytirish, “Zangiota-1” shifoxonasida bolalar uchun zaxira o‘rinlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha transport ajratish, shuningdek, kasalxonaga yotqizishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Asl Baraka kompaniyasi kolbasa ishlab chiqarish jarayonini to‘liq namoyish etdi
23 noyabr 2023, 19:00

Asl Baraka kompaniyasi kolbasa ishlab chiqarish jarayonini to‘liq namoyish etdi

Asl Baraka brendi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy asbob-uskunalarda amalga oshirilishi hamda har bir assortimentga o‘zgacha yondashuvi haqida videorolikni taqdim etdi.

Aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari biroz oshdi
23 noyabr 2023, 17:26

Aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari biroz oshdi

Oktabr oyida aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari biroz oshib, mos ravishda 13,7 va 14,4 foizni tashkil etdi. Markaziy bankning bu oydagi infografikasi hududlar, daromadlar va tadbirkorlik faoliyati kesimidagi ma’lumotlarsiz e’lon qilindi.

Avtomobil boshqarish ishonchnomasini endi my.gov.uz orqali olish mumkin bo‘ladi
23 noyabr 2023, 17:03

Avtomobil boshqarish ishonchnomasini endi my.gov.uz orqali olish mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

Asialuxe Travel Pxuket oroliga 9 mln so‘mdan boshlanadigan turlarni taklif qilmoqda
23 noyabr 2023, 17:00

Asialuxe Travel Pxuket oroliga 9 mln so‘mdan boshlanadigan turlarni taklif qilmoqda

Asialuxe Travel milliy turoperatori Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya 9 mln so‘mdan hamyonbop sayohatlarni taklif etmoqda, orolga birinchi reys esa 1-dekabrga rejalashtirilgan.

Energetika vaziri — O‘zbekistondagi benzin bilan bog‘liq vaziyat va Rossiyadagi yoqilg‘i eksporti taqiqining ta’siri haqida
23 noyabr 2023, 16:10

Energetika vaziri — O‘zbekistondagi benzin bilan bog‘liq vaziyat va Rossiyadagi yoqilg‘i eksporti taqiqining ta’siri haqida

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning benzin eksportiga qo‘ygan taqiqi O‘zbekistonda yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qilganini aytdi. Hukumatlararo kelishuv imzolangandan so‘ng O‘zbekistonga noyabr oyida Rossiya benzini keldi. Jami 371 ming tonna benzin import qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi — ITIM
23 noyabr 2023, 16:02

O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamayganini ma’lum qildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Toshkentdan Xo‘jakentga poyezdlar qatnovi qisman tiklandi
23 noyabr 2023, 15:59

Toshkentdan Xo‘jakentga poyezdlar qatnovi qisman tiklandi

23-noyabrdan Toshkentdan Xo‘jakentga va teskari yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati qisman tiklandi — ertalab va kechqurun bittadan reys amalga oshiriladi.

Futbol: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi
23 noyabr 2023, 15:15

Futbol: O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo kubogi guruh bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Dohada U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Vetnam, Kuvayt va Malayziya bilan birga “D” guruhidan joy oldi. Musobaqa 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayigacha Qatarda o‘tkaziladi.

Surxondaryo viloyatida tongdan buyon 3-marta zilzila sodir bo‘ldi
23 noyabr 2023, 14:56

Surxondaryo viloyatida tongdan buyon 3-marta zilzila sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida 23-noyabr tongidan buyon 3 marta zilzila qayd etildi. Har uchala silkinish epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila bu tumanga yaqin hududlarda 2−3 balli darajada sezildi.

O‘zbekistonda ko‘ngillilarga dorilarning klinik sinovida ishtirok etishga ruxsat berildi
23 noyabr 2023, 14:23

O‘zbekistonda ko‘ngillilarga dorilarning klinik sinovida ishtirok etishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar dori vositalarining klinik sinovlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi. Tadqiqot rahbari qatnashuvchiga sinovning ehtimoliy xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting