UNICEF va Gavi O‘zbekiston SSVga 3,4 mln dollarlik asbob-uskunalarni topshirdi
20 noyabr 2023, 15:55

UNICEF va Gavi O‘zbekiston SSVga 3,4 mln dollarlik asbob-uskunalarni topshirdi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi immunizatsiya dasturini raqamlashtirish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida UNICEF va Gavi kompaniyalaridan 3,4 mln dollarlik uskunalarni qabul qilib oldi.

Baraka Market do‘konlarida 16 foizgacha keshbek olish mumkin
20 noyabr 2023, 15:00

Baraka Market do‘konlarida 16 foizgacha keshbek olish mumkin

Baraka Market do‘konlar tarmog‘i xaridlardan qanday qilib 16 foizgacha keshbek olish mumkinligini ma’lum qildi.

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar endi mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi
20 noyabr 2023, 14:54

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirgan o‘zbekistonliklar endi mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi

AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.

“Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak” — prezident
20 noyabr 2023, 14:22

“Iqlim o‘zgarishini inobatga olib, dunyoqarashimizni ham o‘zgartirishimiz kerak” — prezident

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallaga tashrifi chog‘ida energiyani tejash, har bir insonda tejamkorlik madaniyatiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish zarurligini ta’kidladi. “Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi”, — dedi u.

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli bo‘ldi
20 noyabr 2023, 14:04

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli bo‘ldi

Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi. Shu paytga qadar u konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasi svetofor va chorrahasiz bo‘ladi
20 noyabr 2023, 12:27

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasi svetofor va chorrahasiz bo‘ladi

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasining yangi loyihasi unda chorraha va svetoforlarning umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi, deydi pudratchi tashkilot direktori Rahimjon Muhamedov. Unga ko‘ra, ishlar davomida transport harakati to‘xtatilmaydi.

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi
20 noyabr 2023, 12:00

Hafta o‘rtasida havo sovib, yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib, harorat +24…+27 darajagacha ko‘tariladi. Chorshanba kuni nam havo massasi tarqaladi va respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabr kunlari harorat kechasi +3…+6 iliqqacha, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha pasayadi.

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi
20 noyabr 2023, 11:03

Toshkentda erkak 15-qavatdan sakrab, vafot etdi

Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakrab, joniga qasd qildi. Voqeadan ikki kun oldin u xotiniga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan. Bosh prokuratura erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishini bildirdi.

O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi
20 noyabr 2023, 10:18

O‘zbekistonning Italiyadagi yangi elchisi o‘z missiyasini boshladi

O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 4 yil ichida bir necha baravarga oshdi
20 noyabr 2023, 10:11

O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 4 yil ichida bir necha baravarga oshdi

2022-yilda O‘zbekistonga sitrus mevalar, keshyu yong‘og‘i va xurmo importi 2018-yilga qaraganda sezilarli darajada oshdi. MHTI mutaxassislari bunga qulay makroiqtisodiy sharoit, import bojxona to‘lovlarini nolga tushirish, oziq-ovqat chakana savdosi rivojlanishi va aholi soni o‘sishi sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi xodimlari Bo‘stonliqda ko‘chat o‘tqazdi
20 noyabr 2023, 09:56

Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasi xodimlari Bo‘stonliqda ko‘chat o‘tqazdi

Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi Vazirlar Mahkamasi xodimlari “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ko‘chat ekdi.

Suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi
20 noyabr 2023, 09:46

Suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, suxandon O‘tkir Siddiqov 78 yoshida vafot etdi. U boshlovchi sifatida 8 mingga yaqin konsert va tadbirda ishtirok etgan.

Toshkentda 103 xodimi ayol bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Ish bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi
20 noyabr 2023, 00:09

Toshkentda 103 xodimi ayol bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Ish bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlandi

Poytaxtda chaqiriqqa borgan tez yordam feldsheri bemorga uyatsiz harakatlar qilgani aytilmoqda. Tez tibbiy yordam markazi rahbariyati “Gazeta.uz”ga xodim faoliyati bo‘yicha tekshiruv tayinlangani va ishchi guruh ekpertiza o‘tkazayotganini ma’lum qildi. SSV vakili “Bu ochiq qoladigan masala emas”, deya ta’kidladi.

Toshkentda direktor sinfdoshi bilan mushtlashgan bolani urdi. Holat o‘rganilmoqda
19 noyabr 2023, 21:36

Toshkentda direktor sinfdoshi bilan mushtlashgan bolani urdi. Holat o‘rganilmoqda

Poytaxtdagi 217-maktabda ikki sinfdosh janjal oqibatida mushtlashdi. Direktor bolalarning biriga tanbeh berarkan, uni tepib, haqorat qildi va yuziga tarsaki tushirdi. Holatni huquq-tartibot idoralari o‘rganyapti. Maktab boshqarmasi voqeani qoralab, bu “pedagog obro‘siga putur yetkazishini” ta’kidladi.

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi
19 noyabr 2023, 17:37

“Adolat” partiyasi qonuniy asos bo‘lmaguncha Chilonzordagi uylarda “renovatsiya” o‘tkazishga qarshi chiqdi

“Adolat” partiyasi Chilonzor tumanidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish haqidagi qaror loyihasiga munosabat bildirdi. Partiya “renovatsiya”ning mustahkam qonunchilik asoslari bo‘lmaguncha uning asosida Toshkent shahrida yangi qurilishlarni amalga oshirishga qarshi chiqdi.

Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi
19 noyabr 2023, 15:46

Kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Xayrulla Jo‘rayev 78 yoshida vafot etdi. U 1992−1996-yillarda Davlat kinokompaniyasining raisi, prezidentning davlat maslahatchisi va madaniyat ishlari vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda
19 noyabr 2023, 14:41

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Jahongir G‘aniyev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakili Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi. U o‘zbekistonlik diplomatga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasiga rais bo‘ldi
19 noyabr 2023, 14:01

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasiga rais bo‘ldi

Shuxrat Sadikov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. U shu paytga qadar palata raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlanganlar ushlandi
19 noyabr 2023, 10:36

Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlanganlar ushlandi

Samarqandda Instagram orqali moliyaviy piramida tashkil etganlikda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Ular 20 foiz to‘lov qilib, 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e’lonlar berib kelgani aytilmoqda. 45 nafar fuqarodan dastlabki to‘lov sifatida 479 mln so‘m olgani aniqlandi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasida yo‘l o‘tkazgich paydo bo‘ladi (foto)
18 noyabr 2023, 20:40

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasida yo‘l o‘tkazgich paydo bo‘ladi (foto)

Prezident Toshkent shahridagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 avtomobil yo‘li chorrahasida bunyod etiladigan yo‘l o‘tkazgich loyihasi bilan tanishdi. Loyihaga ko‘ra, 1 ta ko‘prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo‘shimcha yo‘llar quriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting