Toshkentda O‘zbekiston va Hindistonning mudofaa sanoati kompaniyalari vakillari ishtirokida seminar va soha yo‘nalishida ko‘rgazma o‘tkazildi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda O‘zbekistonning manfaatdor tashkilotlari Hindistonning Zen Technologies, TATA Advanced Systems, Bharat Dynamics, Apollo Micro Systems, L&T Defence, Bharat Forge, Karman Drones Private kabi kompaniyalar vakillari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda yangi qo‘shma loyihalarini muhokama qildi.

Shuningdek, Hindiston delegatsiyasi a’zolari safar doirasida qator vazirlik va idoralarida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolangandi.