Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi
9 yanvar 2024, 17:48

Sudyalar oliy kengashi 31 ta tayinlovni amalga oshirdi

Sudyalar oliy kengashining 2024-yildagi birinchi yig‘ilishida 31 nafar sudya lavozimga tayinlandi.

Chery O‘zbekistondagi 2023-yil natijalari bilan bo‘lishdi
9 yanvar 2024, 17:00

Chery O‘zbekistondagi 2023-yil natijalari bilan bo‘lishdi

2023-yilda Chery brendi ostida O‘zbekiston bozorida 9832 dan ortiq avtomobil muvaffaqiyatli sotildi. Brendning dilerlik markazlari ko‘paydi, hamda mijozlar bilan aloqani qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha loyihalar amalga oshirildi.

Janubiy Koreya parlamenti itlarni yeyish uchun ko‘paytirish va so‘yishni taqiqladi
9 yanvar 2024, 16:12

Janubiy Koreya parlamenti itlarni yeyish uchun ko‘paytirish va so‘yishni taqiqladi

Janubiy Koreya parlamenti oziq-ovqat iste’moli uchun itlarni ko‘paytirish va so‘yishni taqiqlovchi hujjatni ma’qulladi. Qoidabuzarlarga nisbatan qamoq va jarima jazosi bor. Taqiqning kiritilishi mamlakat prezidentining saylovoldi va’dalaridan biri sanaladi.

Taqqoslash: O‘zbekistonda va dunyoda Ai-95 benzinining o‘rtacha narxi
9 yanvar 2024, 15:58

Taqqoslash: O‘zbekistonda va dunyoda Ai-95 benzinining o‘rtacha narxi

GlobalPetrolPrices portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Ai-95 benzini arzonligi bo‘yicha 51-o‘rinda turadi. Shu bilan birga, mamlakatda ushbu markadagi yonilg‘i Turkmaniston va Qozog‘istonnikidan mos ravishda 2,6 va 2,1 baravar qimmatroq. Mamlakatda bu benzin narxi AQSh va Afg‘onistondagi narxdan ham yuqori.

Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori bo‘ldi
9 yanvar 2024, 15:37

Amrillo Inoyatov Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori bo‘ldi

Sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov 2023-yil kuzida qayta tashkil etilgan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori etib tayinlandi.

Mubashshir Ahmadga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda — Istanbuldagi konsullik
9 yanvar 2024, 15:05

Mubashshir Ahmadga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda — Istanbuldagi konsullik

Azon Global portali asoschisi Mubashshir Ahmad deportatsiya markaziga joylashtirilgan, deya ma’lum qildi O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulligi. Unga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga tegishli litsenziya bekor qilindi
9 yanvar 2024, 14:43

Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga tegishli litsenziya bekor qilindi

Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga berilgan litsenziya bekor qilindi. Tekshiruvda unga tegishli dorixonada 25 turdagi dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tmagani va sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.

O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan birinchi elektromobil keltirildi
9 yanvar 2024, 14:31

O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan birinchi elektromobil keltirildi

Xitoydan O‘zbekistonga chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan birinchi elektromobil keltirildi. Tor ko‘chalarda ham harakatlanadigan va 3 tonnagacha yukni ko‘taruvchi elektrotexnika vositasi Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
9 yanvar 2024, 14:03

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi aniqlangani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 102 kishi bedarak yo‘qolgan. 28 ming mahalliy aholi evakuatsiya markazlarida qolmoqda.

Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi
9 yanvar 2024, 12:09

Mubashshir Ahmad Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi

Azon Global portali o‘z asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga ayni qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.

Mahallalar uyushmasi Bandlik vazirligi va “Mahalla” fondi shtatlarini qisqartirish hisobiga tashkil etilmoqda
9 yanvar 2024, 11:54

Mahallalar uyushmasi Bandlik vazirligi va “Mahalla” fondi shtatlarini qisqartirish hisobiga tashkil etilmoqda

Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi 982 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 662 ta va “Mahalla” xayriya jamoat fondining 320 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi
9 yanvar 2024, 11:39

O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi

O‘zbekistonda mart oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlari uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Bu tadbirkorlarga yiliga qariyb 350 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi
9 yanvar 2024, 11:17

Xorazmda ota 14 yoshli o‘g‘lini ayovsiz kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.

Qozog‘istondagi yanvar voqealari vaqtida mahbuslarni qiynoqqa solgan 40 dan ortiq xavfsizlik xodimi javobgarlikka tortildi
9 yanvar 2024, 10:38

Qozog‘istondagi yanvar voqealari vaqtida mahbuslarni qiynoqqa solgan 40 dan ortiq xavfsizlik xodimi javobgarlikka tortildi

Qozog‘iston hukumati 2022-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida mahbuslarni qiynoqlarga solgan 40 dan ortiq huquq-tartibot organi xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortdi. Yana 20 ga yaqin ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prezident qonunlar “qog‘ozda emas, amalda” bajarilishi muhimligini ta’kidladi
9 yanvar 2024, 09:41

Prezident qonunlar “qog‘ozda emas, amalda” bajarilishi muhimligini ta’kidladi

“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida
9 yanvar 2024, 06:21

“Muammo yaqin kelajakda dahshatli darajaga kelishi mumkin”. Iqlimshunos — Toshkent havosining ifloslanishi haqida

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent havosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va chang bo‘ronlariga qarshi kurash haqida gapirdi. “Havoning ifloslanishi O‘zbekistonda millionlab odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda va bu tahdid geometrik progressiyada o‘sib boradi”, — dedi u.

O‘zbekiston byordvotcherlari 2023-yilning eng yaxshi qush kuzatuvchisini aniqladi
9 yanvar 2024, 00:24

O‘zbekiston byordvotcherlari 2023-yilning eng yaxshi qush kuzatuvchisini aniqladi

O‘zbekiston byordvotcherlari o‘rtasida “Katta yil-2023” tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. O‘tgan yili ular 283 ta qush turini aniqlash va suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Foto.

Senator bayram kunlarida pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi
8 yanvar 2024, 22:01

Senator bayram kunlarida pirotexnika vositalaridan keng foydalanilgani yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga so‘rov yubordi

Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.

O‘zbekistonda 2024-yilda 5 mln kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda
8 yanvar 2024, 21:19

O‘zbekistonda 2024-yilda 5 mln kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4 mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024-yilda 5 mln aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Prezident, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yagona hisobotlar tizimini joriy etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.

Samolyot eshigi ajralib tushishi ortidan AQSh, Yevropa va Turkiyada Boeing 737 MAX parvozlari to‘xtatildi
8 yanvar 2024, 20:41

Samolyot eshigi ajralib tushishi ortidan AQSh, Yevropa va Turkiyada Boeing 737 MAX parvozlari to‘xtatildi

AQSh, Yevropa va Turkiyada Boeing 737 MAX 9 samolyotidan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga Alaska Airlines`ga tegishli shu rusumdagi samolyot favqulodda chiqish eshigining parvoz vaqtida ajralib tushgani sabab bo‘ldi. Bortda 177 kishi bor edi, ulardan bir qanchasi jarohatlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting