O‘zbekiston byordvotcherlari 2014-yildan buyon qush kuzatuvchilari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Katta yil-2023” tanlovi yakunlarini sarhisob qildi. Ishtirokchilarning vazifasi — butun mamlakat bo‘ylab kalendar yili davomida turli xil qush turlarini imkon qadar ko‘proq suratga olish. 2022-yilda qush kuzatuvchilari 278 ta, 2023-yilda esa 283 ta qush turini aniqlab, suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Tosh balchiqchi. Foto: Aleksandr Raykov / Birds.uzTosh balchiqchi. Foto: Aleksandr Raykov / Birds.uz

“Birds.uz jamoasi faoliyatining muhim jihatlaridan biri Zarafshon milliy bog‘i reabilitatsiya markazi faoliyatini yoritishdir. Ommaviy sahifalarimiz o‘quvchilarining xayriyalari evaziga qushlarning noyob va Qizil kitobga kiritilgan turlarini reabilitatsiya qilishga ko‘maklasha oldik”, — dedi birds.uz jamoasi a’zosi, Mixael Zukkov tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi xodimi Rustam Murzaxanov.

Guldor chittak. Foto: Baxtiyor Mardonov / Birds.uzGuldor chittak. Foto: Baxtiyor Mardonov / Birds.uz

“Katta yil-2023” tanlovi g‘oliblari Andrey Ojegov (210 tur), Aleksandr Raykov (175 tur) va Baxtiyor Mardonov (172 tur) bo‘ldi.

“Qushlarga bo‘lgan muhabbatim bolalikdan paydo bo‘lgan, — dedi Andrey Ojegov. — Turli xil fotosuratlar va ornitologiyaga oid kitoblarni to‘plardim. Ulg‘aygach esa sevimli mashg‘ulotim uzoq vaqt ikkinchi darajali bo‘lib qoldi. Kasbiy faoliyatim ham zoologiya bilan bog‘liq emas. Kunlarning birida birds.uz saytiga kirib, qushlarni o‘zim suratga olish ishtiyoqi paydo bo‘ldi, fotoapparat sotib olishim bilan esa ornitologiyaga bo‘lgan ishtiyoqim eng qiziqarli va hayajonli ko‘rinishda — ochiq tabiatdagi qushlarni qidirish va kuzatish sifatida qayta tiklandi”.

U byordvotcherlar musobaqasida ikkinchi yil ishtirok etmoqda, 2022-yilni “Yil debyuti” nominatsiyasi g‘olibi sifatida yakunlagandi. 2023-yilda bu yo‘nalish g‘olibligi Oksana va Yaroslav Malaxovlarga nasib etdi.

Sog‘. Foto: Timur Abduraupov / Birds.uzSog‘. Foto: Timur Abduraupov / Birds.uz

“Eng qiziqarli uchrashuv” nominatsiyasida Ustyurt platosida katta chittaklarni kuzatgan Timur Abduraupov g‘olib bo‘ldi. Musobaqa tashkilotchilariga ko‘ra, bu tur odatda Rossiya va Shimoliy Qozog‘istonda uchraydi, katta chittaklar O‘zbekistonga kamdan-kam yetib keladi. Mamlakat joylashuvi uchun qiziqarlilari Arktika qisqadumli skuasi va qoratomoq gagara kuzatuvlarini o‘z ichiga oldi.

Katta chittak. Foto: Timur Abduraupov / Birds.uzKatta chittak. Foto: Timur Abduraupov / Birds.uz

“Eng qiziqarli shahar uchrashuvi” nominatsiyasida g‘oliblik Toshkentda oddiy chirildoq — yashirin hayot tarzini olib boradigan ko‘zga ko‘rinmas qushni kuzatgan Aleksandr Raykovga nasib etdi. Noyob fotosurat Relisa Granovskaya tomonidan olingan.

Oddiy chirildoq. Foto: Relisa Granovskaya / birds.uzOddiy chirildoq. Foto: Relisa Granovskaya / birds.uz

Barcha g‘oliblarga sovg‘a sertifikatlari va esdalik medallari topshirildi.

“Katta yil-2024” tanlovi boshlangan. Unda barcha ko‘ngillilar ishtirok etishi mumkin.