Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi chiqindi tashishda elektrda yurishga mo‘ljallangan transport vositalaridan foydalanishni boshladi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Elektrotexnika vositasi Chengdu Shiny Technology kompaniyasi bilan hamkorlikda Eko House chiqindilar klasteri tomonidan Xitoydan import qilingan.

Elektromobil Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi. U tor ko‘chalarda harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 300 km masofani bosib o‘ta oladi, bu esa kun davomida aholi punktlaridan chiqindilarni olib chiqib ketish va poligonlarga tashish imkonini beradi. Ushbu texnika 3 tonnagacha yuk ko‘tara oladi.

“Elektromobil Xitoyning Chenju shahrida ishlab chiqarilgan. Ekologik jihatdan zararsiz. O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikdan mamnunmiz va kelajakda chiqindi tashiydigan elektromobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz”, — dedi Xitoy kompaniyasi mutaxassisi Vey Go.