O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi
11 yanvar 2024, 15:17

O‘zbekistonda 11 oyda 2080 nafar inson YTH oqibatida vafot etdi

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.

O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila sezildi
11 yanvar 2024, 14:36

O‘zbekistonning qator viloyatlarida zilzila sezildi

Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.

Keshbek bo‘yicha cheklov fuqarolarning 98 foiziga ta’sir o‘tkazmaydi — Soliq qo‘mitasi
11 yanvar 2024, 14:29

Keshbek bo‘yicha cheklov fuqarolarning 98 foiziga ta’sir o‘tkazmaydi — Soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, keshbek limiti xaridlarni amalga oshiruvchi fuqarolarning 98 foiziga ta’sir qilmaydi. Qo‘mita cheklovlar ba’zi odamlar boshqa odamlarning cheklarini va bu orqali keshbeklarini o‘zlashtirayotgani sabab joriy etilganini tasdiqladi.

Ombudsman Navoiydagi koloniyada Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi
11 yanvar 2024, 14:13

Ombudsman Navoiydagi koloniyada Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi

Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.

Time jurnali 2024-yilgi 10 ta asosiy global xavfni sanadi
11 yanvar 2024, 13:40

Time jurnali 2024-yilgi 10 ta asosiy global xavfni sanadi

Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi ehtimoli, Yaqin Sharqdagi urushning avj olishi, bo‘lingan Ukraina, nazoratsiz sun’iy intellekt va muhim minerallar uchun kurash — Time jurnali 2024-yilning 10 ta asosiy global xavf-xatarini e’lon qildi.

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi
11 yanvar 2024, 12:53

O‘zbekistonda materiallari tarqatilishi taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati e’lon qilindi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mld dollar investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda
11 yanvar 2024, 11:42

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mld dollar investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.

Tashkent Pharma Park hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi
11 yanvar 2024, 11:39

Tashkent Pharma Park hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.

“Hukumat va fuqarolik jamiyatining harakatlari kerak”. AQSh elchisi — Toshkentdagi havo sifati haqida
11 yanvar 2024, 11:12

“Hukumat va fuqarolik jamiyatining harakatlari kerak”. AQSh elchisi — Toshkentdagi havo sifati haqida

AQSh elchisi Jonatan Xenik va USAID missiyasi rahbari Devid Xofman Toshkent havosi haqida gapirdi. “Har kim buni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishi kerak, chunki bu barchaga — „siz, oilangiz va farzandlaringizga“ taalluqli. Shuningdek, hukumatni muammoni o‘rganib, chora ko‘rishga undash zarur”, — dedi elchi.

“Kapital sug‘urta” jarimaga tortildi va faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
11 yanvar 2024, 10:14

“Kapital sug‘urta” jarimaga tortildi va faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

“Kapital sug‘urta” qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilinmagani sabab 162 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan litsenziyasi 11-yanvar sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan korxona 4 mlrd so‘m jarimaga tortildi
11 yanvar 2024, 09:42

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan korxona 4 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Qo‘qonda qandolatchilik korxonasida elektrga mayning qurilmalari ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Tadbirkorga jami 4 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda
11 yanvar 2024, 09:10

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda

Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” — sement ishlab chiqarish uchun soliq stavkasi pasaytirilgani haqida
11 yanvar 2024, 01:31

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” — sement ishlab chiqarish uchun soliq stavkasi pasaytirilgani haqida

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi qariyb 4 baravar kamaytirilganiga izoh berib, bu chora mahalliy zavodlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganini yana bir bor ta’kidladi.

Eski ToshMIdagi sobiq kadet korpusining tarixiy binosida demontaj ishlari olib borilmoqda
11 yanvar 2024, 00:42

Eski ToshMIdagi sobiq kadet korpusining tarixiy binosida demontaj ishlari olib borilmoqda

Eski ToshMIdagi sobiq kadetlar korpusi binosi profnastil panjara bilan o‘raldi, hududda demontaj ishlari boshlandi. Bino Rossiya tibbiyot universiteti filiali uchun tayyorlanmoqda. Shahar madaniy meros boshqarmasi rekonstruksiya loyihasini hali tasdiqlagani yo‘q, ammo “ishni nazorat qilmoqda”.

2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin — olimlar
10 yanvar 2024, 21:40

2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin — olimlar

Olimlarning fikricha, joriy 2024-yil 2023-yildagi rekord darajadan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Bu El-Nino, ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suv sathidagi haroratning anomal ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu hodisa o‘tgan yilgi haroratga ham ta’sir qilgandi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi
10 yanvar 2024, 20:38

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi

Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod”ni qo‘lga oldi
10 yanvar 2024, 20:03

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod”ni qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
10 yanvar 2024, 19:14

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.

Sement ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi. Buning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’siri muhokama qilinishi kerak
10 yanvar 2024, 18:13

Sement ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi. Buning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’siri muhokama qilinishi kerak

Sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘batlantirish deya izohlandi, ammo bu rag‘batning atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga ta’siri atroflicha muhokama qilinmadi. “Gazeta.uz” masalani o‘rgandi.

Bir foizli keshbek beriladigan oylik xaridlar summasiga cheklov kiritilmoqda
10 yanvar 2024, 17:45

Bir foizli keshbek beriladigan oylik xaridlar summasiga cheklov kiritilmoqda

Endi xaridorlar bir oyda sotib olgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining faqat BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun 1 foizli keshbek olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayni vaqtda oyiga 204 ming so‘mdan ko‘p keshbek ololmaslikni anglatadi. Oldin bu bo‘yicha maksimal summa belgilanmagandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting