O‘zbekistonning to‘rt hududida noqonuniy benzin sotgan fuqarolar aniqlandi
29 fevral 2024, 17:26

O‘zbekistonning to‘rt hududida noqonuniy benzin sotgan fuqarolar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent shahri va viloyati, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlarida asosan Ai-80 benzin yoqilg‘isini noqonuniy sotayotgan shaxslarni aniqladi. Respublikada oxirgi bir oy ichida ushbu markadagi benzin taqchilligi kuzatilmoqda.

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi
29 fevral 2024, 16:39

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov faoliyatini yakunladi. U mazkur davlatlarda 2019−2024-yillar davomida faoliyat yuritdi.

Toshkentda “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi
29 fevral 2024, 15:38

Toshkentda “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi

7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi.

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi
29 fevral 2024, 15:32

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi va O‘zbekiston tarixida ushbu muvaffaqiyatga erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.

O‘zbekistonda odam va hayvonlarga oid kasalliklarga qarshi kurashish uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi
29 fevral 2024, 15:07

O‘zbekistonda odam va hayvonlarga oid kasalliklarga qarshi kurashish uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi

USAID, FAO va Veterinariya qo‘mitasi O‘zbekistonda transchegaraviy hayvonlar kasalliklari, jumladan, zoonotik kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyiha boshladi. Bunda “Yagona salomatlik” yondashuvi COVID-19 pandemiyasi kabi ehtimoliy inqirozlarga tayyorgarlikni oshiradi.

“Saraton o‘limga hukm emas”: O‘zbekistonda kasallikni davolashning yangi texnologiyasi joriy qilinmoqda
29 fevral 2024, 15:00

“Saraton o‘limga hukm emas”: O‘zbekistonda kasallikni davolashning yangi texnologiyasi joriy qilinmoqda

25-fevral kuni Numa Diagnostics va Medipol klinikalari hamkorlik memorandumi imzolashdi. Shu munosabat bilan onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi.

AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi
29 fevral 2024, 14:59

AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi

Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.

Prezident 2024-yilga mo‘ljallangan muqobil energiya bo‘yicha rejalardan norozi bo‘ldi
29 fevral 2024, 14:46

Prezident 2024-yilga mo‘ljallangan muqobil energiya bo‘yicha rejalardan norozi bo‘ldi

Prezident Energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot yo‘li”. Prezident Amudaryo tumanida yangi ko‘prikni ochib berdi (foto)
29 fevral 2024, 14:41

“Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot yo‘li”. Prezident Amudaryo tumanida yangi ko‘prikni ochib berdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi ko‘prikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. “Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir”, — dedi prezident.

Toshkentda Nexia yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 2 piyodani urib yubordi (video)
29 fevral 2024, 13:03

Toshkentda Nexia yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 2 piyodani urib yubordi (video)

Yashnobod tumanidagi “Krestik” chorrahasi yaqinida Nexia 3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bir ayol va bir erkakni urib yubordi, ular jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Click 2023-yilni 60 trln so‘mdan ortiq pul aylanmasi bilan yakunladi
29 fevral 2024, 13:00

Click 2023-yilni 60 trln so‘mdan ortiq pul aylanmasi bilan yakunladi

2023-yilda Click`dagi tranzaksiyalar hajmi 60 trln so‘mdan ortiqni tashkil qildi. Humo hisobotiga ko‘ra, bankdan tashqari mobil ilovalar orasida aylanmada Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi.

Toshkent va Mumbay o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
29 fevral 2024, 12:56

Toshkent va Mumbay o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Aprel oyida Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetadi.

O‘zbekistonda qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan
29 fevral 2024, 11:35

O‘zbekistonda qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan

O‘zbekistonda 2023-yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi
29 fevral 2024, 11:17

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.

Onix TJM ilk 10 ta kottejni kadastr bilan 15 yillik ipotekaga sotib olishni taklif qiladi
29 fevral 2024, 11:00

Onix TJM ilk 10 ta kottejni kadastr bilan 15 yillik ipotekaga sotib olishni taklif qiladi

Yangi Onix turar joy majmuasida dastlabki 10 ta kottej uchun qulay shartlar amal qilmoqda. Shuningdek, 2 sotix maydonga ega kottejlarni chegirma asosida sotib olish imkoniyati mavjud.

Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi
29 fevral 2024, 10:49

Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi

Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.

Toshkentda “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashgan Tracker haydovchisi halok bo‘ldi
29 fevral 2024, 10:07

Toshkentda “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashgan Tracker haydovchisi halok bo‘ldi

Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar
29 fevral 2024, 09:55

O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar

2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.

O‘zbekiston bank tizimini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?
29 fevral 2024, 09:00

O‘zbekiston bank tizimini qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Senteo kompaniyasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha direktori Kseniya Konstantinova Markaziy Osiyo bank sektorida uch yillik tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi.

Qozog‘iston Majilisi mamlakatda Starlink`dan foydalanishga ruxsat berdi
29 fevral 2024, 00:00

Qozog‘iston Majilisi mamlakatda Starlink`dan foydalanishga ruxsat berdi

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting