Focus maktabida badiiy filmlar rejissyorligiga o‘qish uchun qabul boshlandi
26 may 2021, 17:00

Focus maktabida badiiy filmlar rejissyorligiga o‘qish uchun qabul boshlandi

Rejissyor Zulfiqor Musoqov rahbarligidagi Focus maktabi badiiy filmlar rejissyorligining o‘zbek tilidagi guruhiga arizalar qabulini e’lon qildi.

Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani ma’lum qilindi
26 may 2021, 16:54

Shahrisabzda masjid hovlisida ayvon qurilishi nima sababdan to‘xtatilgani ma’lum qilindi

Shahrisabz shahridagi Hazrati Imom masjidi hovlisida namoz o‘qish ayvonining qurilishi to‘xtatildi. Bunga qurilish haqida tegishli tashkilotlar ogohlantirilmaganligi sabab bo‘lgan. Musulmonlar idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili ayvon binosi hududdagi tarixiy obidalarga hech qanday zarar yetkazmasligini ta’kidladi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi
26 may 2021, 16:49

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket uchinchi kun ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 8,37 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 609,91 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz pasaygan.

«2021 yil hisobidan hali birorta mahkum koronavirusga chalingani yo‘q» — IIV vakili
26 may 2021, 16:10

«2021 yil hisobidan hali birorta mahkum koronavirusga chalingani yo‘q» — IIV vakili

Ombudsman Feruza Eshmatova boshchiligidagi ekspertlik guruhi 23-son mahkumlarga mo‘ljallangan ixtisoslashgan kasalxonaga bordi. Unga hamrohlik qilgan IIV Jazoni ijro etish departameni tibbiy bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupovning aytishicha, qamoqxonalarda yil boshidan beri COVID-19`ga chalinish holatlari qayd etilmagan.

Samarqandda 50 ming dollar va mashina evaziga noqonuniy yer sotayotgan shaxslar ushlandi
26 may 2021, 15:13

Samarqandda 50 ming dollar va mashina evaziga noqonuniy yer sotayotgan shaxslar ushlandi

Oqdaryo tumanida 1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar va Nexia-3 avtomashinasi talab qilgan mas’ul shaxslar qo‘lga olingan. Shuningdek, Samarqand viloyatining Pastdarg‘om, Samarqand va Payariq tumanlarida ham noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Nurafshon IIB boshlig‘i avtohalokatda vafot etdi
26 may 2021, 13:02

Nurafshon IIB boshlig‘i avtohalokatda vafot etdi

Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Podpolkovnik «Kuchlik» neft baza yaqinida avtohalokatga uchragan.

Samarqandda maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani haqidagi xabar hokimlik va senat tomonidan o‘rganiladi
26 may 2021, 11:55

Samarqandda maktab-internati tarbiyalanuvchilari kaltaklangani haqidagi xabar hokimlik va senat tomonidan o‘rganiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 63-sonli maxsus maktab-internatining tarbiyalanuvchilari yuz-ko‘zlari ko‘kargani aks etgan surat va xabarlar tarqaldi. Holat hokimlik tomonidan o‘rganilmoqda, Senat tomonidan nazoratga olindi.

COVID-19 ga qarshi 1,2 milliondan ortiq kishi emlandi
26 may 2021, 11:51

COVID-19 ga qarshi 1,2 milliondan ortiq kishi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1-bosqichda emlanganlar 1 212 597 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 470 519 nafarni tashkil qilmoqda. Emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari qayd qilmoqda.

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev
26 may 2021, 11:19

Sentyabrdan maktab o‘quvchilariga hokim stipendiyasi joriy etiladi — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev sentyabr oyidan yaxshi o‘zlashtirgan maktab o‘quvchilariga 500 ming so‘m miqdorida hokim stipendiyasi joriy etilishini ma’lum qildi. Bundan tashqari, ularning o‘qituvchilariga 1 mln so‘mdan berilishi belgilandi.

O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan Equinox avtomobillari Qozog‘istonda sotuvga chiqarildi
26 may 2021, 11:07

O‘zbekistonda sotuvi to‘xtatilgan Equinox avtomobillari Qozog‘istonda sotuvga chiqarildi

Qozog‘istonda Chevrolet Equinox avtomobillari 13 490 000 tenge (331 mln so‘m atrofida) narxida sotilmoqda. UzAuto Motors saytida e’lon qilingan narxlarga ko‘ra, O‘zbekistonda avtomobil narxi 414 mln so‘mga teng deb belgilangan.

Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan
26 may 2021, 10:02

Toshkent viloyatida bir yarim ming gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingan

Toshkent viloyatida 9 ming 614 ta holatda 1618 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi. Bundan tashqari, yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishidan oldin yetkazilgan zararni qoplash choralari ko‘rilmagani qayd etildi.

Senat bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi
26 may 2021, 09:27

Senat bir qator qonunlarni ko‘rib chiqadi

15 yalpi majlisda Senat transport to‘g‘risidagi qonun, Saylov kodeksiga va boshqa qonunlarga o‘zgartirishlar, 2030 yilgacha gender tengligi strategiyasi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi va hukumatning davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobot eshitiladi.

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi
25 may 2021, 23:56

O‘zbekistonning ikkita sobiq qishlog‘i rasman Qozog‘iston tarkibiga kiritildi

Qozog‘iston OAVlarining xabar berishicha, ilgari O‘zbekistonga tegishli bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati tarkibiga kiritildi. Chegara uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomalar ikki mamlakat tomonidan 2002 va 2004 yillarda imzolangan.

25 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 may 2021, 23:39

25 may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Yangi tayinlovlar, XDP deputatining kaltaklanishi, Turizm va sport vazirligiga ishga taklif qilingan talaba, tez tibbiy yordam xizmatidagi yangiliklar — “Gazeta.uz"ning 25 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Odam yo gapirishi, yoki ishlashi kerak. Men ishlashni ma’qul ko‘raman» — Toshkent hokimi
25 may 2021, 23:32

«Odam yo gapirishi, yoki ishlashi kerak. Men ishlashni ma’qul ko‘raman» — Toshkent hokimi

«Men boshqalarga o‘xshab ko‘p va chiroyli gapira olmayman. Yo ishlash, yoki gapirish kerak. Ikkalasidan bittasi, to‘g‘rimi? Men ishlashni ma’qul ko‘raman», — dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

«Men hokimiyat binosida emas, katta angarda o‘tirishni xohlayapman» — Jahongir Ortiqxo‘jayev
25 may 2021, 21:50

«Men hokimiyat binosida emas, katta angarda o‘tirishni xohlayapman» — Jahongir Ortiqxo‘jayev

«Biz yaqinda bir model o‘ylab chiqdik. Unga ko‘ra, hokimlik ishchilari umuman hokimlik binosida o‘tirishi noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. To‘g‘risini aytsam, o‘zim ham katta bir angarni ichida o‘tirishni xohlayapman», — dedi Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yoshlar bilan uchrashuvda.

«O‘zagrokimyohimoya» AJ tugatilib, uning bir qism vazifalari tadbirkorlarga topshiriladi
25 may 2021, 21:32

«O‘zagrokimyohimoya» AJ tugatilib, uning bir qism vazifalari tadbirkorlarga topshiriladi

«O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyati tugatilib, uning vakolat va vazifalari boshqa tuzilmalarga o‘tkazish taklif qilindi. Xususan, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar bilan ta’minlash erkin bozor tamoyillari asosida to‘liq xususiy sektorga beriladi. Shuningdek, o‘simliklarga kimyoviy ishlov berish xizmatlari ham tanlov asosida tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi holati Senat nazoratiga olindi
25 may 2021, 21:05

Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilarining kaltaklanishi holati Senat nazoratiga olindi

Uy-joy masalasida yechim izlab Vazirlar Mahkamasiga borgan mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilari IIO xodimlari tomonidan kaltaklangani holati Senat nazoratiga olindi. Ushbu holatga tez orada qonuniy baho berilishi aytildi.

Jizzax va Andijon neft bazalari rahbarlari ishdan olindi
25 may 2021, 20:23

Jizzax va Andijon neft bazalari rahbarlari ishdan olindi

Andijon neft bazasida 33 mln so‘mlik kamomad va 24,3 mlrd so‘mlik debitorlik qarzlar aniqlandi. Bundan tashqari, xodimlarga ortiqcha oylik va mukofot pullari berilgani ma’lum bo‘ldi. 10 nafar mansabdor ishdan olindi.

Rossiya va AQSH prezidentlari Jenevada uchrashadi
25 may 2021, 19:45

Rossiya va AQSH prezidentlari Jenevada uchrashadi

Rossiya va AQSH prezidentlari 16 iyun kuni Jenevada muzokaralar olib boradi. Bu Jo Bayden AQSH prezidenti etib tayinlanganida so‘ng ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting