26 may kuni Nurafshon shahar IIB boshlig‘i, podpolkovnik Navro‘z Omonboyev vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Podpolkovnik ertalab soat 04:30 atrofida «Kuchlik» neft baza yaqinida avtohalokatga uchragan.

Navro‘z Omonboyev 1985 yil Zangiota tumanida tug‘ilgan. U bir yildan ko‘proq vaqt davomida ushbu vazifada faoliyat yuritib kelayotgan edi.