Focus kino va teatr maktabi Badiiy filmlar rejissyorligiga arizalarni qabul qilishni boshladi. Guruh badiiy rahbari — O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, ssenariy muallifi, rejissyor Zulfiqor Musoqov.

Qabul yiliga bir marta amalga oshiriladi va respublikaning barcha hududlaridan o‘quvchilar qabul qilinadi. Ushbu sohada maxsus ta’lim olmaganlar ham o‘qish uchun ariza topshirishlari mumkin.

Amaliyot. «Berlin-Oqqo‘rg‘on» filmini suratga olish jarayonlari

Focus kino va teatr maktabi bitiruvchilari xalqaro festivallarda g‘olib bo‘lishgan. O‘quvchilardan 5 nafari Moskvadagi VGIK prezidentlik dasturida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Ular Focus maktabiga kirishdan avval kino sohasida umuman tajribaga ega bo‘lmagan.

Ta’lim formati: ssenariylar yozish, mashqlar, repetitsiyalar, muhokamalar, buyuk san’at arboblari bilan ijodiy uchrashuvlar, mikrofilmlarni suratga olish va spektakllar.

Buxoro shahridagi amaliyot

Badiiy filmlar rejissyorligi yo‘nalishida tahsil oladiganlar quyidagi asosiy fanlarni o‘rganishadi:

  • Badiiy film dramaturgiyasi;
  • Aktyor bilan ishlash;
  • Jahon va mahalliy kinemotografiya panoramasi.

Shuningdek, ikkinchi darajali fanlar ham o‘qitiladi:

  • Ijod psixologiyasi;
  • Operatorlik san’ati;
  • Kinoda ovozli yechim;
  • Kinoda postanovkachi rassom;
  • Montaj va post-production;
  • Kino ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtirish;
  • Kinomarketing.

Kinorejissyor Ali Hamroyev bilan uchrashuv

O‘qish davomida boshqa mutaxassislik yo‘nalishlarida ham bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun o‘quvchilar ssenariy yozishdan boshlab kino ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayon haqida barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. O‘qitishning standart uslublaridan chekingan holda, butun jarayonga kirishiladi.

Badiiy film rejissyorligiga o‘qiyotganlar Zulfiqor Musoqov rahbarligida o‘z ko‘zlari bilan kinojarayonni kuzatish va unda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Teatr va kino olamining yorqin namoyondalari sohaga oid turli mavzularda master-klasslar o‘tkazishadi.

Mashg‘ulotlar haftasiga 5 marotaba 2,5 soatdan o‘tkaziladi.

O‘quvchilar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishsa, ularga ikki tilda yozilgan attestat va sertifikat topshiriladi.

2019 yil Rejissyorlik maktabi bitiruvchilari

O‘qishning boshlang‘ich bosqichi uchun to‘lov miqdori: 2 oy — 5 000 000 so‘m, 40 ta dars uchun. To‘lov qismlar bilan amalga oshirilishi mumkin. Joylar soni cheklangan.

Arizalar quyidagi manzilda qabul qilinadi: focusgroup.uz/uz/kino-rejissyorligi

Focus kino va teatr maktabi dunyoning 39 mamlakati mutaxassislari bilan hamkorlik qiladi va ko‘plab xalqaro treninglarning hamkori va ishtirokchisi hisoblanadi. Focus maktabining asosiy hamkori — Toshkentdagi Shveysariya Konfederatsiyasi elchixonasi hisoblanadi.

Telegram: t.me/focusfilmuz

Instagram: www.instagram.com/focusfilmuz

Reklama huquqlari asosida.