O‘zbekistonda 25 may kuni jami 40 372 kishi COVID-19'ga qarshi emlandi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati.

Emlanganlarning 13 243 nafari birinchi bosqichda, 27 129 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda vaksina olgan.

Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 1 683 116 doza vaksinadan foydalanildi. Shundan 1-bosqichda emlanganlar 1 212 597 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 470 519 nafarni tashkil qildi.

25 may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Toshkent shahri (6 556 doza), Namangan viloyati (5 142 doza), Toshkent viloyati (4 153 doza) band qildi.

Umumiy emlanganlarning yuqori ko‘rsatkichi Farg‘ona (221 840 doza), Andijon (205 498) va Namangan (191 219) viloyatlarida qayd etildi.