Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi
4 may 2021, 14:42

Saylov kodeksining 11 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi

Qonunchilik palatasi deputatlari Saylov kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni qabul qilishdi. Ular yuqori turuvchi saylov komissiyalarining vakolatlari, okrug saylov komissiyasi tarkibi, ovoz berishda ID kartadan foydalanish va boshqa shu kabi o‘zgarishlarni nazarda tutadi.

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi
4 may 2021, 13:52

Nurafshonda «aqlli shahar» o‘rniga Business City bunyod etiladi

Nurafshonda «aqlli shahar» investitsiyaviy loyihasi o‘rniga Nurafshon business city konsepsiyasi amalga oshiriladi. Avvalroq tashkil etilgan direksiya «Toshkent viloyatida biznes markazlarini qurish direksiyasi» shaklida qayta tashkil etiladi.

Qozog‘istonga 1 mln dollar mablag‘larni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan poyezd mashinistlari ushlandi
4 may 2021, 13:32

Qozog‘istonga 1 mln dollar mablag‘larni noqonuniy olib chiqmoqchi bo‘lgan poyezd mashinistlari ushlandi

1 mln dollardan ortiq mablag‘larni yuk poyezdi orqali noqonuniy yo‘l bilan Qozog‘istonga olib chiqib ketishga uringan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi
4 may 2021, 12:56

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi

Xurshidjon Ahmedov Farg‘ona viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xayrullo G‘afforov Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 12:37

Xayrullo G‘afforov Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari etib saylandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Xayrullo G‘afforov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari bo‘ldi.

Bill Geyts 27 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi Melinda bilan ajrashmoqda
4 may 2021, 11:58

Bill Geyts 27 yillik turmushidan so‘ng rafiqasi Melinda bilan ajrashmoqda

Microsoft korporatsiyasi asoschisi, Bill Geyts rafiqasi Melinda bilan ajrashayotganini ma’lum qildi. «Uzoq mulohazalar va munosabatlarimiz bo‘yicha ko‘p ishlardan so‘ng, biz nikohimizni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildik», — deb yozdi tadbirkor.

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi
4 may 2021, 11:57

Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritganlarga pul mukofoti beriladi

Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan sportchilar va ularning trenerlariga bir martalik pul mukofotlari beriladi. Bundan taqshari, nufuzli musobaqalar g‘oliblari uchun 5 mlndan 7 mln so‘mgacha bo‘lgan stipendiyalar joriy etiladi. Bu boradagi taqdimot dushanba kuni prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan.

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi
4 may 2021, 11:45

Zuhra Ibragimova Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari etib saylandi

Zuhra Ibragimova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, «Adolat» SDP fraksiyasi rahbari etib saylandi.

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi
4 may 2021, 11:23

Toshkent viloyatida fuqaroni ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaroni 4500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar tizimiga joylashtirishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. U kelishilgan puldan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Meksikada metro ko‘prigi poyezd bilan quladi
4 may 2021, 10:48

Meksikada metro ko‘prigi poyezd bilan quladi

Meksikada metro ko‘prigi vagon bilan birga, uning ostida mashinalar harakati paytida qulab tushdi. Hodisa oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi va 70 ga yaqin odam jarohatlandi.

Gulistonda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi
4 may 2021, 10:41

Gulistonda noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi

Guliston shahrida 9 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga xujra sifatida noqonuniy diniy ta’limdan dars berib kelayotgan shaxslar aniqlandi.

Madaniyat vazirligi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi
4 may 2021, 10:31

Madaniyat vazirligi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilganiga munosabat bildirdi

Madaniyat vazirligi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi oldidagi konsertda SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Vazirlik konsert dasturining hamkori ekanligi va faqat sahnadagi jarayonlarga javobgar ekanligini aytdi. Madaniyat vazirligi milliylik va til targ‘ibotini amalga oshirganda, ularni keng ommaga majburlab yoki keskin tanqid ruhida emas, balki namuna ko‘rsatgan holda yetkazish lozimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan
4 may 2021, 10:05

O‘zbekistonda deyarli 14 mingdan ortiq fuqaro vaksinaning ikkinchi dozasi bilan emlangan

1 maydan boshlab vaksinaning birinchi bosqichini olgan fuqarolarni uning ikkinchi dozasi bilan ham emlash boshlangan bo‘lib, hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarning 14 285 nafari ikkinchi bosqichda emlangan.

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
4 may 2021, 09:52

Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Botir Nuriddinov Namangan viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi
4 may 2021, 09:25

Sanepidxizmat rahbari koronavirusga qarshi emlandi

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Tomskda Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi
4 may 2021, 09:20

Tomskda Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi

Rossiyaning Tomsk shahrida Migratsiya xizmati xodimi O‘zbekiston fuqarosini kaltakladi. Holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaning tegishli idoralariga so‘rov yubordi.

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi
4 may 2021, 09:15

Prezident Olimpiadaga tayyorgarlikni qoniqarsiz deb baholadi

Shavkat Mirziyoyev Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni tanqid qildi. U yo‘llanmalar sonini oshirish uchun sportchilar va ularning jamoalarini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ta’kidladi.

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi
4 may 2021, 09:03

Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi karantinga yopildi

2 may holatiga ko‘ra Toshkentda 35 ta OTM, 132 ta maktab va 22 ta bolalar bog‘chasi, shuningdek, bir qator ta’lim va tibbiyot muassasalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari ikki haftaga karantinga yopildi.

Qonli yo‘llar: Uch oyda qariyb 400 kishi YTHlarda halok bo‘ldi
4 may 2021, 08:09

Qonli yo‘llar: Uch oyda qariyb 400 kishi YTHlarda halok bo‘ldi

Birinchi chorakda O‘zbekistonda 1491 ta YTH qayd etilib, ularda 394 kishi vafot etdi, 1168 kishi jarohatlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 may 2021, 21:01

Jahon yangiliklari dayjesti

Armaniston parlamentining Nikol Pashinyanni bosh vazir lavozimiga saylamagani, Saudiya Arabistonining 17 maydan boshlab chegaralarni ochayotgani, Venesuelada amaldorlarga nafaqalarning kriptovalyutada berilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting