Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 16 iyunda bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.

«Rossiya-Amerika munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, strategik barqarorlik muammolari, hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda hamkorlik va mintaqaviy mojarolarni tartibga solish kabi xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.

Bu Jo Bayden AQSH prezidenti etib tayinlanganidan so‘ng ikki davlat rahbarining birinchi uchrashuvi bo‘ladi. Oldinroq ular 2011 yil Moskvada uchrashishgan. O‘shanda Putin Rossiya bosh vaziri, Bayden esa Amerikada vitse-prezident edi.

Oldinroq Jo Bayden Rossiya rahbariga uchinchi mamlakat hududida sammit o‘tkazishni taklif qilgan edi.