Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylari davomida 1 mln tonnadan ziyod benzin ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, joriy yilning 11 oyida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi quyidagicha qayd etildi:

  • ko‘mir — 4639 ming tonna;
  • neft — 708,3 ming tonna;
  • gaz kondensati — 1,2 mln tonna;
  • yengil avtomobil — 199 526 dona;
  • avtobus — 847 dona;
  • yuk avtomobillari — 3632 dona;
  • traktor — 213 dona;
  • avtomobil dvigatellari — 135 ming dona.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 902,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan edi. Eng ko‘p benzin ishlab chiqarilishi mart oyiga to‘g‘ri kelgan — 106 ming tonna.

Shu bilan birga, 2021 yilning xuddi shu davrida O‘zbekistonga qiymati 110,2 mln dollarga teng bo‘lgan 300 mln litrdan ziyod avtomobil benzini import qilingan. Avtobenz importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 128 mln litrga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin O‘zbekiston 9 oyda 289 mln litr avtomobil benzini import qilgani haqida xabar berilgandi.