«O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki mavjud elektron navbat tizimi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash tizimini kengaytirish bo‘yicha qariyb 2,6 mlrd so‘mlik tanlov e’lon qilgan. Bu haqda Davletov-Telegram kanali xabar berdi.

Ikkita kompaniya qatnashgan tanlovda 2 mlrd 520 mln so‘mlik taklif bilan Insight Solutions MCHJ g‘olib bo‘lgan. Rezerv g‘olibi sifatida Omni System MCHJ tanlab olingan. Ushbu tanlov 26 noyabr kuni boshlanib, 3 dekabr sanasida yakunlangan.

Qayd etilishicha, Insight Solutions MCHJ 50 foiz ulushi Soy Igor Vladimirovichga, yana 50 foizi esa Kim Valeriy Gennadiyevichga tegishli hisoblanadi. Omni System MCHga esa to‘liqligicha Soy Vladimir Grigorevich egalik qiladi. Shuningdek, kompaniyaga Soy Sergey Vladimirovich rahbarlik qiladi.

orginfo.uz ma’lumotlari

Blogerning yozishicha, «O‘zsanoatqurilishbank» vakillari tanlovda ishtirok etgan kompaniyalar o‘zaro afillanmaganligini ma’lum qilgan.