2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,95 mlrd dollarga (+ 15 foiz) o‘sib, 37,94 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi. Bu 2019 yilning shu davridagi kovidgacha ko‘rsatkichidan (37,86 mlrd dollar) ko‘proqdir.

11 oy davomida eksport 15,45 mlrd dollardan oshdi, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 8,9 foizga ko‘pdir. Import ham 19,7 foizga o‘sib, 22,48 mlrd dollarni tashkil qildi. Tashqi savdo aylanmasining manfiy saldosi 7 mlrd dollargacha oshdi (2020 yil yanvar-sentabrda 4,5 mlrd dollarni tashkil etgan).

Noyabrda eksport hajmi 3 mlrd dollardan sal ko‘proqni tashkil etdi, bu ko‘rsatkichning katta qismi oltin savdosi — 1,74 mlrd dollar (57,7 foiz), shuningdek, gaz savdosi — 88 mln dollarga to‘g‘ri keldi.

Yil boshidan buyon 4,1 mlrd dollarlik oltin (umumiy eksportning 26,5 foizi), 2,65 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari (17,1 foiz), 1,49 mlrd dollarlik rangli metallar (9,6 foiz), 684,8 mln dollarlik gaz (4,4%), 866,6 mln dollarlik sabzavot va mevalar va boshqalar (5,6%) sotilgan.

Pandemiya yiliga nisbatan O‘zbekiston yetakchi 20 ta hamkor-davlatning deyarli barchasiga o‘z tovar va xizmatlarini yetkazib berishni ko‘paytirdi. Jumladan, Xitoyga — 2,32 mlrd dollarga (+32,3%), Rossiyaga — 1,87 mlrd dollarga (+41,6), Turkiyaga — 1,54 mlrd dollargacha (+ 71,7%), Qozog‘istonga — 1,05 mlrd dollargacha (+ 29,1%), Ukrainaga — 202,6 mln dollargacha (+84 , 1%), Buyuk Britaniyaga — 133,8 mln dollarga (3,3 marta) oshdi.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi.

Shu bilan birga, Afg‘onistonga eksport 573,2 mln dollarga (-17,6%), Germaniyaga esa 60,8 mln dollarga (-3,6 foiz) kamaydi.

Import ham deyarli barcha yetakchi 20 ta hamkor-mamlakatdan, jumladan, Rossiyadan — 4,73 mlrd dollargacha (+ 26,4 foiz), Xitoydan — 4,4 mlrd dollargacha (+ 10,6 foiz), Qozog‘istondan — 2,48 mlrd dollargacha (+ 37,3 foiz), Turkiyadan — 1,5 mlrd dollargacha (+ 52,7%), Turkmanistondan — 450,6 mln dollargacha (+ 29,9%), Ukrainadan — 419,9 mln dollargacha (+ 49,9%), Braziliyadan — 331,3 mln dollargacha (4,7 marta), Erondan — 221,5 mln dollargacha (2,4 marta) oshdi.

Qayd etish joizki, Rossiya 2017 yildan beri birinchi marta Xitoyni O‘zbekistonning import hamkorlarining birinchi qatoridan chiqardi.

O‘zbekistonga yetkazib berish Koreya Respublikasidan 1,63 mlrd dollarga (-12,5 foiz), Germaniyadan 614,6 mln dollargacha (-5 foiz), Latviyadan 161 mln dollarga (- 45 foiz), Chexiyadan — 158,6 mln dollargacha (-67,7%) kamaygan.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi.

11 oy davomida YeOII mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 11,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zi eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq tovar va xizmatlarni import qilmoqda. Eksport — 3,7 mlrd dollar, import — 7,6 mlrd dollar. Salbiy saldo — 3,9 mlrd.