Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) o‘quvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi. Shu bois, Toshkentda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning katta qismi o‘z uylariga qaytish arafasida. Ular odatda o‘z uylariga samolyot, poyezd, avtobus va yengil mashinalarda yetib olishadi.

Samolyot

Uzbekistan Airways kompaniyasi 20 dekabrdan boshlab talabalarga samolyot chiptalari uchun chegirma taqdim etdi. Unga ko‘ra, OTMlar talabalari 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar bo‘lgan muddat uchun avikompaniya chiptalarini 50% chegirma bilan xarid qilishi mumkin.

Kompaniyaning rasmiy saytidagi ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak (24 dekabr holatiga), O‘zbekistonning eng olis hududlaridan bo‘lgan Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga 25 dekabrdan 31 dekabrga qadar ayrim reyslar uchun ekonom klass chiptalari qolmagan. Toshkentdan Nukus, Urganch va Buxoro shaharlariga 29 dekabrdan 31 dekabrga qadar qo‘yilgan qo‘shimcha qatnovlarda ham ekonom klass chiptalari yo‘q.

24 dekabr kuni Uzbekistan Airways Yangi yil bayramiga bag‘ishlab, 31 dekabrdan 4 yanvargacha O‘zbekiston ichida amalga oshiriladigan reyslar aviachiptalariga 30−50 foizlik chegirmalarni e’lon qildi.

Poyezd

Toshkentdan Qo‘ng‘irot, Xiva, Urganch, Termiz va Buxoro shaharlariga qatnaydigan poyezdlarga 25 dekabrdan 31 dekabrga qadar reyslarga chiptalar qolmagan. Ayrim reyslar uchun chiptalar ba’zi vaqtlarda paydo bo‘lib turmoqda. 31 dekabrdan boshlab aytib o‘tilgan yo‘nalishlarga chiptalar bor.

31 dekabr kuni Toshkentdan Qo‘ng‘irot, Xiva, Urganch, Termiz va Buxoroga boradigan poyezdlar uchun chiptalar mavjud, ularning narxlari qo‘yidagicha:

  • Toshkent-Qo‘ng‘irot: Platskart — 175 660 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent-Xiva: Platskart — 158 180 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent-Urganch: Platskart — 148 510 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent-Termiz: Platskart — 140 290 so‘mdan boshlab;
  • Toshkent-Buxoro: Platskart — 115 940 so‘mdan boshlab.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ ham Yangi yil bayrami munosabati bilan har xil toifadagi shaxslarga 31 dekabrdan 4 yanvarga qadar bo‘lgan reyslar uchun 50, 15, 10 foizli chegirmalar e’lon qildi.

Avtobus

Toshkent shahridan mamlakat hududlariga «Toshkent» avtovokzalidan avtobus qatnovlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Ayrim yo‘nalishlarda 30 dekabrga qadar chipta qolmagani sababli qo‘shimcha reyslarni qo‘yish rejalashtirilgan.

Quyida Toshkent shahridan Urganch, Qarshi, Termiz va Buxoro shaharlariga qatnaydigan avtobuslarda 26 dekabrdan 30 dekabrga qadar mavjud chiptalar va ularning narxlari haqida ma’lumot keltirilgan.

Reys йўналиши

Reys sanasi va vaqti

Bo‘sh joylar soni

Chipta narxi bir kishi uchun



Toshkent-Urganch

26.12.2021 soat 17:00


39






135 ming so‘m


27.12.2021 soat 15:00, 17:00


44


29.12.2021 soat 15:00

1


30.12.2021 soat 15:00


21

Toshkent-Qarshi

27.12.2021 soat 13:00

1

135 ming so‘m

28.12.2021 soat 13:00

16


69 ming so‘m


29.12.2021 soat 12:30, 19:30

40

30.12.2021 soat 11:00

40

31.12.2021 soat 12:30

33

Toshkent-Termiz

26.12.2021 soat 18:30

1

95 ming so‘m


27.12.2021 soat 10:00

25

28.12.2021 soat 10:00

35

29.12.2021 soat 10:00

26

Toshkent-Buxoro


27.12.2021 soat 15:00, 16:00.

3

90 ming so‘mdan

28.12.2021 soat 09:30, 13:30, 15:00, 19:30.

49

75 ming so‘mdan boshlab

29.12.2021 soat 08:00, 09:30, 13:30.

58

75 ming so‘m

30.12.2021 soat 08:00, 09:30, 13:30, 15:00, 16:00.

96

75 ming so‘mdan boshlab

31.12.2021 soat 08:00, 09:30, 14:00.

147

75 ming so‘m

Ma’lumotlar avtoticket.uz`ga asosan, 24 dekabr soat 14:25 holati bo‘yicha tayyorlandi.

Taksilarda yo‘lkira narxi ko‘tarilishi kutilmoqda

Toshkentdan Nukus, Urganch, Qarshi, Termiz, Buxoro va Farg‘ona shaharlariga avia, temir yo‘l va avtobus chiptalari qolmayotganligi sababli viloyatlararo taksilarga bo‘lgan talab ham oshadi. Haydovchilarining so‘zlariga ko‘ra, 23 dekabr holati bo‘yicha yuqoridagi shaharlarga poytaxtdan qatnaydigan taksilar uchun yo‘lkira narxi 29 dekabrdan boshlab keskin ko‘tarilishi mumkin.

Ular bunga ushbu kunlari Toshkentga keladigan yo‘lovchilarning soni ozligi yoki yo‘qligi tufayli avtomobil bir tomonga bo‘sh kelishi sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashdi.

Yo‘nalish

23 dekabr holati bo‘yicha yo‘lkira haqqi

29 dekabr kuni kutilayotgan narxlar

Toshkent-Nukus


200−250 ming so‘m

300−350 ming so‘m

Toshkent-Urganch


200 ming so‘m

250 ming so‘m

Toshkent-Qarshi


100−150 ming so‘m

180−300 ming so‘m

Toshkent-Termiz


130−150 ming so‘m

170−300 ming so‘m

Toshkent-Buxoro


130−150 ming so‘m

200 ming so‘m

Toshkent-Farg‘ona


120−130 ming so‘m

150−200 ming so‘m

Ushbu narxlar viloyatlararo taksi haydovchilari tomonidan aytilgan.

Masalan, Toshkentdan Nukusgacha taksi narxi 100 ming so‘mgacha oshishi mumkin bo‘lsa, Toshkentdan Qarshi va Temrizgacha taksi narxi ikki baravargacha o‘sishi ehtimoli bor.

Lolagul Qallixanova tayyorladi.