«Poytaxt biznes majmuasi», «Malika» savdo majmuasi, «Beldersoy oromgohi» hamda «No'kis vinozavodi» AJ sotildi, deb xabar berdi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.

«No'kis vinozavodi» AJнинг 51% ulushi «Qarataw sawda bazasi» MCHJga 17,5 mlrd so‘m xarid qiymati hamda 3,4 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan sotilgan.

«Poytaxt biznes majmuasi» MCHJ mulkiy majmuasi bo‘yicha savdolarda BAAning «Quadro IH DMCC» kompaniyasi 164 mlrd so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 6,0 mln dollardan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritish sharti bilan g‘olib bo‘lgan.

«Malika» savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasini «Premium Prime Service» MCHJ 125 mlrd so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash hamda ta’mirlash-tiklash ishlari uchun 100 mlrd so‘m miqdorida investitsiya kiritish va 250 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan qo‘lga kiritgan.

«Bildirsoy oromgohi» dam olish maskani (Kanat yo‘li bilan birga) bo‘yicha savdolarda «Ulkan Mulk» MCHJ 107 mlrd so‘m xarid qiymatini bir yo‘la to‘lash sharti bilan savdo g‘olibi deb topilgan.

Shuningdek, xaridorlarga daraxt va butalarning kesilishiga joriy etilgan moratoriy talablariga rioya qilish majburiyati yuklatilgan.