Iqtisodiyot

Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarmoqchi
13 aprel 2023, 13:56

Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarmoqchi

Malayziyaning 3 ta kompaniyasi O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, sanoat sohasi hamda yetkazib berishda foydalanish uchun dronlar ishlab chiqarish masalalarini ko‘rib chiqmoqda.

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqarishi mumkin
13 aprel 2023, 12:02

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda elektrobuslar ishlab chiqarishi mumkin

Malayziyaning Gemilang Coachwork Sdn. Bhd kompaniyasi “Samavto” MCHJ bilan korxona ehtiyojlari uchun alyuminiy kuzovlar yetkazib berish va O‘zbekistonda birgalikda elektrobuslar ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi.

Toshkent aeroportining rekonstruksiya qilingan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi ochildi. Foto
13 aprel 2023, 11:26

Toshkent aeroportining rekonstruksiya qilingan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi ochildi. Foto

Toshkent xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Jurnalistlar yangilangan yo‘lakka qo‘ngan birinchi samolyot — Uzbekistan Airways`ning Dubaydan kelgan Boeing 787 Dreamliner samolyotini kutib oldi.

Dala chetlarini o‘zlashtirish va ularda mahsulotlar yetishtirish tizimi rivojlantiriladi
13 aprel 2023, 11:25

Dala chetlarini o‘zlashtirish va ularda mahsulotlar yetishtirish tizimi rivojlantiriladi

Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligiga dala chetlarini o‘zlashtirish, ularda mahsulotlar yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarning ishonchli xaridini tashkil qilish vazifasi yuklatildi. Fermerlarga zovur suvlarida o‘rdak boqish va asalari uyasi tashkil qilish uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Banklarda dollar 11 420 — 11 485 so‘m atrofida sotilmoqda
13 aprel 2023, 10:04

Banklarda dollar 11 420 — 11 485 so‘m atrofida sotilmoqda

Tijorat banklari 13-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 370 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 485 so‘m.

AQSh “Ohangaronsement” va uning aksiyadoriga qarshi sanksiyalar kiritdi
12 aprel 2023, 23:43

AQSh “Ohangaronsement” va uning aksiyadoriga qarshi sanksiyalar kiritdi

O‘zbekistonning “Oxangaronsement” sement zavodi AQShning yangi sanksiyalariga uchradi. 2022-yil boshida zavodning 98,6 foiz ulushini sotib olgan Alisher Usmonovning UMS xoldingi tomonidan tashkil etilgan Akkermann Cement CA ham cheklovlar ostida qolgan.

“O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlarni boqa oladi”. Margulan Seysembayev — qishloq xo‘jaligi, neyro tarmoq va to‘siqlar haqida
12 aprel 2023, 13:08

“O‘zbekiston ko‘plab mamlakatlarni boqa oladi”. Margulan Seysembayev — qishloq xo‘jaligi, neyro tarmoq va to‘siqlar haqida

Qozog‘istonlik tadbirkor Margulan Seysembayev Toshkentdagi nutqida qishloq xo‘jaligini O‘zbekistonning afzalligi va uni kuchaytirish zarur bo‘lgan soha deb atadi. Shuningdek, u neyro tarmoqlarni tartibga solish, to‘siqlar — jamiyatga bo‘lgan ishonch haqida nimalar deyishi mumkinligini so‘zlab berdi.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi deyarli o‘zgarishsiz qoldi
12 aprel 2023, 10:24

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kursi deyarli o‘zgarishsiz qoldi

Tijorat banklari 12-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 355 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 420 — 11 475 so‘m.

Yanvar oyida inflyatsiya kutilmalari 18,7−18,9% gacha ko‘tarildi. Bu 2020-yil iyulidan beri bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich
11 aprel 2023, 18:14

Yanvar oyida inflyatsiya kutilmalari 18,7−18,9% gacha ko‘tarildi. Bu 2020-yil iyulidan beri bo‘lgan maksimal ko‘rsatkich

Markaziy bank uy xo‘jaliklari va korxonalarning inflyatsiya kutilmalari ma’lumotlarini e’lon qildi. Aholining inflyatsion kutilmalari yanvarda 18,9 foizga, tadbirkorlikda esa 18,7 foizga oshdi. Bu koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan 2020-yilning iyulidan beri kuzatilgan maksimal ko‘rsatkichdir.

O‘zbekistonda banklardagi omonatlarni himoyalashga oid yangi qonun ishlab chiqiladi
11 aprel 2023, 12:59

O‘zbekistonda banklardagi omonatlarni himoyalashga oid yangi qonun ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi tayyorlanishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, banklar omonatlarni kafolatlash fondiga a’zo bo‘lishi talab etiladi, omonatchilarning bankdan ustuvor ravishda talab qilish huquqi fondga o‘tkaziladi.

Endi import tovarlarga ham iste’mol krediti beriladi
11 aprel 2023, 10:28

Endi import tovarlarga ham iste’mol krediti beriladi

Shavkat Mirziyoyev import tovarlarga iste’mol kreditlari berishga ruxsat etuvchi qonunni imzoladi. Bungacha bu turdagi kreditlar faqat mahalliy avtomobillar va maishiy texnika uchun berilgan. Jismoniy shaxslar boshqa fuqarolardan ikkilamchi bozorda avtomobil sotib olish uchun kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465 so‘mgacha ko‘tarildi
11 aprel 2023, 09:46

Banklarda dollarning sotuv kursi 11 465 so‘mgacha ko‘tarildi

Tijorat banklari 11-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 340 — 11 400 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 415 — 11 465 so‘m.

Jahon banki O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi
10 aprel 2023, 23:27

Jahon banki O‘zbekistonda ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi

Jahon banki O‘zbekiston hukumati so‘roviga ko‘ra, ijtimoiy sohadagi davlat xarajatlari sharhini tayyorladi. Bank uzoq muddatda shifoxonalar infratuzilmasini yaxshilash, ta’limni iqtisodiyot ehtiyojlariga moslashtirish, ijtimoiy himoya organini yaratish va pensiya yoshini oshirishni tavsiya qildi.

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi
10 aprel 2023, 17:33

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari martda qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari dekabr oyida 4,3 foizga oshib, 35,44 mlrd dollarga yetdi. O‘sish oltin zaxiralari qiymatining oshishi bilan bog‘liq.

Norasmiy sektorda ishlovchilar hisobiga 2022-yilda davlat budjetiga 32,9 trln so‘m tushmagan — MHTI
10 aprel 2023, 15:37

Norasmiy sektorda ishlovchilar hisobiga 2022-yilda davlat budjetiga 32,9 trln so‘m tushmagan — MHTI

MHTI tahliliga ko‘ra, 2022-yilning o‘zida 9 milliondan oshiq aholi norasmiy sektorda band bo‘lgani hisobiga davlat budjetiga soliq ko‘rinishida 32,9 trillion so‘m mablag‘ tushmagan. Bu summaga 500 o‘quv o‘rinli 4100 ta umumta’lim maktablari qurish mumkin bo‘lardi, deyiladi tahlilda.

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari ko‘tarildi
10 aprel 2023, 09:44

Banklarda dollarning sotish va sotib olish kurslari ko‘tarildi

Tijorat banklari 10-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 320 — 11 410 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 405 — 11 455 so‘m.

O‘zbekistonda yana bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ko‘tarildi
7 aprel 2023, 21:51

O‘zbekistonda yana bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish masalasi ko‘tarildi

Prezident 2022-yil aprelida O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish haqidagi qarorini bekor qilgan edi. Biroq oradan bir yil o‘tib, yangi qaror bilan ushbu yo‘nalishda takliflar kiritish bo‘yicha ishchi guruh tuzishni topshirdi.

Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar O‘zbekistondagi narxlarga ta’sir qilishda davom etadi — JB
7 aprel 2023, 12:17

Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar O‘zbekistondagi narxlarga ta’sir qilishda davom etadi — JB

Jahon banki O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 2023-yilda 5,1 foizga o‘sishini prognoz qildi. Bu Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkich. Rossiyaning Ukrainadagi urushi va sanksiyalarning oqibatlari oziq-ovqat va energiya narxlariga ta’sir qilishda davom etadi.

Xitoydan O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l Yevropaga yuk yetkazib berishni 7 kunga tezlashtirishi kutilmoqda
7 aprel 2023, 10:01

Xitoydan O‘zbekiston orqali o‘tuvchi temiryo‘l Yevropaga yuk yetkazib berishni 7 kunga tezlashtirishi kutilmoqda

Qirg‘iziston Transport vazirligi vakili Nurmat Musabekovning ma’lum qilishicha, Xitoydan Qirg‘iziston va O‘zbekiston orqali o‘tadigan yangi temiryo‘l Yevropaga yuk tashish muddatini bir haftaga qisqartiradi.

Banklarda dollar kursi biroz ko‘tarildi
7 aprel 2023, 10:00

Banklarda dollar kursi biroz ko‘tarildi

Tijorat banklari 7-aprel kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 300 — 11 360 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 380 — 11 430 so‘m.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting