Toshkent xalqaro aeroportida sakkiz oyga yaqin davom etgan ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi. 12-aprel kuni “Gazeta.uz” jurnalistlari boshqa OAV vakillari yangilangan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ngan birinchi reysni kutib oldi.

uzbekistan airports, тошкент xalqaro aeroporti

Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”

08R-26L uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi 3905 metr va kengligi 60 metr bo‘lib, u barcha turdagi samolyotlarni qabul qiladi, shuningdek, 285 tonnagacha yuklarga bardosh beradi.

uzbekistan airports, тошкент xalqaro aeroporti

Foto: Anton Abramov / Uzbekistan Airports

“Yo‘lak oxirgi marta 1996-yilda rekonstruksiya qilinganini hisobga olsak, bu Toshkent aeroporti uchun juda muhim voqea”, — dedi Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

uzbekistan airports, тошкент xalqaro aeroporti

Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”

Shuningdek, uchish-qo‘nish yo‘lagi Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFAT)ning birinchi toifasiga mos keladigan zamonaviy energiya tejovchi yoritish uskunalari va qo‘nish tizimiga ega. Bu esa gorizontal ko‘rinish 800 metr va vertikal ko‘rinishi 60 metr bo‘lganda ham samolyotga qo‘nish imkonini beradi.

“Parvozlar soni har yili taxminan 50 foizga oshmoqda. Hozir poytaxt havo bandargohida kuniga o‘rtacha 140 ta reys amalga oshirilmoqda. Toshkent esa xab — markazga aylanib bormoqda”, — dedi Ra’no Jo‘rayeva.

Rekonstruksiya loyihasi 120 milliard so‘mga baholanmoqda. Yo‘lakni rekonstruksiya qilish loyihasi Development infrastructure and design tomonidan ishlab chiqilgan. Ishlar esa Dorkompleksnab Plus pudratchi kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.

uzbekistan airports, тошкент xalqaro aeroporti

Chap uchish-qo‘nish yo‘lagi. Foto: Ma’murjon Obrahmatov / “Gazeta.uz”

Aeroportning chap (birinchi) uchish-qo‘nish yo‘lagi (08L-26R) 2021-yilda rekonstruksiya qilingan — u ham mustahkamlangan va xalqaro xavfsizlik talablariga muvofiq jihozlangan.

Yangilangan uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nadigan birinchi samolyot Uzbekistan Airways`ning Dubaydan Toshkentga HY-334 reysini amalga oshiruvchi samolyot bo‘ldi.