Paxtachilik tarmog‘i uchun yagona tashkilot — «O‘zpaxtasanoat» javob beradi. «O‘zpaxtayog‘» kompaniyasi sohadan chiqarildi.
Samarqand avtomobil zavodi 30 minginchi avtomobilini ishlab chiqardi. U siqilgan gazda harakatlanuvchi HC 45 avtobusi bo‘ldi.
60 gektardan ziyod maydonda Janubiy Koreya sarmoyasi ishtirokida High Tech City ko‘p funksiyali ma’muriy-maishiy majmua barpo etiladi.
Farg‘ona viloyati hokimiyati viloyatning turistik logotipini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilib, uning muallifini o‘zga dizayndan foydalangani uchun sudga beradi.
O‘zbekiston va Koreya Respublikasi O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha «yo‘l xaritasi"ni imzoladi.
«O‘zbekenergo» va Janubiy Koreya kompaniyalari qiymati 1,84 mlrd dollar bo‘lgan uchta loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi.
O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Koreys kompaniyalari O‘zbekistonda dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishga 25 mln dollar sarmoya kiritadi.
«O‘zbekengilsanoat» va Janubiy Koreya kompaniyalari 30 mln dollardan ziyodroq miqdordagi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.
Toshkent poligonida qattiq maishiy chiqindilarni «yashil» qayta ishlashga Janubiy Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi 60 mln dollarga yaqin sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi Seulda Tracker va modernizatsiya qilingan Cobalt’ni seriyali ravishda ishlab chiqarish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi.
Seulda zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-koreys qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Davlat geologiya qo‘mitasi raisi Bobur Islomov Seulda muzokaralar o‘tkazib, koreys hamkorlar bilan qator kelishuvlarga erishdi.
Toshkent bozorlarida yuqori cheklangan narxlarni o‘rnatish amaliyoti yarim yildan buyon joriy etilmoqda va bu aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan, deya ma’lum qilindi Davlat raqobat qo‘mitasidan.
Hunarmandlar — «Hunarmand» uyushmasi a’zolari soliq imtiyozlariga ega bo‘lib, mahsulot eksportidan tushgan xorijiy valyutalarni erkin tasarruf etish huquqiga ega bo‘ldi.
Qariyb 30 ming tonna Rossiya nefti O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali quvurlarda jo‘natildi.
1 dekabrdan oylik ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori o‘rtacha 15 foizga oshiriladi.
O‘zbekiston aholi ehtiyojlarini qondirish uchun yil oxirigacha 150 ming tonna shakar import qiladi.
Poytaxt ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar oktyabrda 1 foizga qimmatlashdi.
O‘zbekiston yangi e’lon qilingan AKTni rivojlantirish indeksida 8 pog‘ona yuqoriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting