Farg‘ona viloyati hokimiyati viloyatning turistik logotipini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorni bekor qilib, uning muallifini o‘zga dizayndan foydalangani uchun sudga beradi. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi viloyat hokimiyati tomonidan tasdiqlangan Farg‘ona viloyati turistik logotipini saralash jarayonini tekshirish natijalari to‘g‘risida ma’lum qildi. tekshiruv OAVda avval taqdim etilgan logotip ko‘chirmakashlik mahsuli ekani xabar qilinganidan so‘ng o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati turistik logotipi bo‘yicha tanlov avgustda e’lon qilingan edi. Komissiyaga ijodiy guruhlar va individual ishtirokchilardan turli ishlar kelib tushgan, ular orasidan g‘olib saralangan edi. Muallif logotipni taqdim etish vaqtida uning original ishi ekanini tasdiqlagan.

Tasvir: Sostav.ru.

Muallifning birinchi marta Brandson Branding Agency ishtirokida ishlab chiqilgan «Maftunkor Rossiya» («Charuyuaya Rossiya») logotipining umumiy dizayni va konsepsiyasini takrorlagani aniqlanganidan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimiyati o‘z qarori bekor qildi va muallifni o‘g‘irlangan logotip uchun sudga berishini ma’lum qildi.

Davlat turizm qo‘mitasi Farg‘ona viloyatining turistik logotipi uchun yangi tanlov e’lon qildi. Bundan tashqari, qo‘mita matbuot xizmatidan xabar qilinishicha, viloyatlar hokimiyatlariga mahalliy turistik logotiplarni (brendlarni) saralash va tasdiqlashda loyihalarni Davlat turizm qo‘mitasi va Madaniyat vazirligi, shuningdek Intellektual mulk agentligi bilan kelishish tartibini joriy etish taklif qilingan.