O‘zbekistonda Janubiy Koreya dori vositalari ishlab chiqariladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi hamda Koreyaning Dalim BioTech, Yuhan Corporation va Erae kompaniyalari o‘rtasida tegishli kelishuvga erishildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya miqdori 25 mln dollarni tashkil etadi, deb xabar qildi Prezidentning Koreya Respublikasiga davlat tashrifini yoritish bo‘yicha matbuot markazi «Gazeta.uz"ga.

Tomonlar investitsion loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish to‘g‘risida kelishib oldi. Asosiy e’tibor O‘zbekistonda tashkil etilgan yettita farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalariga qaratildi. Koreys kompaniyalari hamkorlik qilish va O‘zbekistonga sarmoya kiritishni qat’iy maqsadida ekanliklari haqida ma’lum qildi, deyiladi xabarda.